2.5.Avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlari. Chizmachilik darslarida kompyuterdan foydalanish metodikasi

So‘ngi yillarda ta’lim tizimida ko‘pchilik fanlami o‘qitishda avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlarining turli xillaridan foydalanish keng ommalashib bormoqda. Avtomatlashtirilgan o‘qitish dasturlari o‘qituvchiga o‘quv jarayonini tashkil qilishda, o‘quvchilarga esa fanni o‘zlashtirishlarida katta yordam beradi. Ulaming yordamida o‘quv jarayoni borishini jadallashtirish, o‘quv materiallarini ancha sodda va yaqqol tasvirlar yordamida bayon qilish kabi afzalliklarga ega imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

O‘zbekistonda hozirgacha chizmachilik fanidan texnik vositalar (EHM) yordamida qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan ta’lim dasturlari (ATD) yaratilmagan. Biz quyida ATD larining turlari va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish metodikalariga to‘xtalamiz.

ATD ga asosan ta’lim murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi va uning asosida kibemetik yondashuv yotadi. Bu tizimni boshqarish o‘qituvchining o‘quvchiga (kompyuter va boshqa audio va videotexnika texnik vositalari yordamida) buyruq uzatishi hamda o‘quvchi o‘qituvchi muloqotini o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ta’lim jarayoni o‘qituvchi (baholash) va o‘quvchi (o‘z-o‘zini baholash) ishtirokida bir vaqtning o‘zida nazorat qilib boriladi.

ATD lari quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

• axborotlar kichik miqdorda uzatiladi;

• har bir taklif qilinayotgan axborot miqdorining o‘zlashtirilishini tekshirish uchun nazorat topshiriqlari o‘rnatiladi;

• o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollarga javob qaytariladi;

• javob to‘g‘riligiga qarab ko‘rsatma beriladi.

Amalda o‘qituvchiga ATD ning chiziqli yoki tarmoqlangan turlaridan birini tanlash yoki ulardan bir vaqtning o‘zida birgalikda foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak. ATD ning chiziqli turida o‘quvchilar o‘quv ma’lumotining hamma miqdorlarini ulami uzatilish ketma-ketligi tartibida ishlab, o‘zlashtiradilar. Tarmoqlangan ATD yaxlit o‘quv ma’lumotni o‘zlashtirishda o‘quvchiga individual yo‘l tanlash imkonini herishni ko‘zda tutadi. Bunda ma’lumotni o‘zlashtirish tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkala holda ham o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa maxsus vositalar (har xil dasturlashtirilgan o‘quv qo‘llanmalari, kompyuterlar) yordamida amalga oshiriladi. Ta’limning bu ko‘rinishining afzalligi o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasi va sifati haqidagi ma’lumotni to‘liq va doimiy ravishda olib turish imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. ATD da ta’lim tezligining o‘quvchining individual imkoniyatlariga mos kelish-kelmasligi muammosi bo‘lmaydi. Chunki har bir o‘quvchi o‘ziga qulay tartibda ishlaydi. Ikkinchi afzalligi, o‘qituvchining axborot uzatishga sarflanadigan vaqtining tejalishida, shuningdek materialni o‘zlashtirish va uning natijalarini doimiy nazorat qilishga ajratiladigan vaqtning ortishi bilan izohlanadi. ATD ning keng joriy qilinishi moddiy ta’minot bilan bog‘liq. Hozirgi kunda amalda hamma umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonini maxsus dasturlashtirilgan darsliklar, grafik topshiriqlar to‘plamlari, test usulidagi nazorat topshiriqlari bilan to‘liq ta’minlash qiyin. Ta’limning bu ko‘rinishining asosiy kamchiligi - o‘quvchi xotirasiga ortiqcha murojaat qilish.

Chizmachilik darslarida kompyuterdan foydalanish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:

• o‘quvchilar kompyuterda ishlash malakalarini egallagan bo‘lishlari zarur;

• kompyuterda chizma bajarishdan avval ular kamida proyeksion savodxonlik asoslarini egallagan bo‘lishlari talab qilinadi;

• chizmachilik darslari kompyuter grafikasi darslariga (bu alohida fanlari bir-biri bilan chalkashtirmaslik zarur) aylantirilmasligi shart.

O‘quvchilaming grafik dasturlar bazasida chizma bajarishlariga tegishli metodik masalalami ko‘rib chiqamiz.

Hozirgi kunda chizma va uch o‘lchamli modellar tasvirlarini bajarish bo‘yicha juda ko‘plab AutoCAD, TopCAD, JCAD, 3D-GRAF, KDMaster, kabi grafik tizimlar kishilarning ilmiy va muhandislik faoliyatining turli sohalarida keng qo‘lanilmoqda. Ulardan ta’lim tizimida ommalashgani AutoCAD hisoblanadi. AutoCAD shuningdek mamlakatimizda va chet ellardagi ko‘pchilik korxona va tashkilotlarda loyiha-chizma ishlarini avtomatlashtirishning standartlashtirilgan tizimi sifatida shakllangan.

2002-yilda Rossiya maktablarida chizmachilik o‘qitish tarixida birinchi marta o‘quv-metodik kompleksning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan kompakt-disk (КОМПАС 3D LT grafik dasturi) tayyorlanib, sotuvga chiqarildi. КОМПАС 3D LT grafik dasturi tarkibida КОМПАС 3D LT ta’lim tizimi elektron o‘quv qo‘llanmasi, maktab chizmachilik kursi darsligining ko‘pchilik mashq va grafik ishlarining, o‘quvchilar uchun grafik ishlar daftarining elektron versiyalari joylashtirilgan. Mashq va grafik ishlarga tegishli bo‘lgan shakl va chizmalardan tashqari kompakt diskda A.D.Botvinnikov va boshqalarining Chizmachilik darsligidagi ko‘plab boshqa shakllari ham joylashtirilgan.

Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tishimiz zarurki, o‘quvchilar КОМПАС 3D LT yoki AutoCAD grafik dasturlarini kompyuterda ishlash malakalari hamda proeksion chizmachilik asoslarini o‘zlashtirgan bo‘lsalar nisbatan tez egallashlari mumkin. Ko‘p hollarda buning uchun 20-30 soat vaqt yetarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu vaqtni chizmachilik mashg‘ulotlari hisobidan qoplashga aslo yo‘l qo‘yish mumkin emas. Agar maktab rahbariyati hozirgi kunda keng ommalashib borayotgan mashina grafikasini o‘quvchilarga o‘rgatish zarur deb hisoblasa, buni yetarlicha vaqt zaxiralari bo‘lgan informatika fani yoki majburiy tanlov fanlariga ajratilgan vaqt hisobidan fakultativ, individual va guruh mashg‘ulotlarida o‘rganish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Metodik nuqtai nazardan chizmalarni kompyuterda bajarish mumkin bo‘lgan chizmachilik va grafik tizimlarni birgalikda o‘rganish masalasi hal qilinmagan muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgacha pedagogika fanida chizmachilikni qaysi mavzularini o‘zlashtirgandan keyin elektron chizmalarni bajarishni boshlash mumkinligi, o‘quvchilanii kompyuter ular uchun chizma bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda mustaqil chizma bajarishini qanday qilib ta’minlash mumkinligi kabi ko‘plab savollarning javoblari asoslanmagan.

Shu yerda umumta’lim maktablarining chizmachilik kursida o‘rganiladigan kompyuter grafikasi bo‘limiga to‘xtalib o‘tsak. Amaldagi dastur va darsliklarda bu bo‘limga 2 (ikki) soat vaqt ajratilgan bo‘lib, bu vaqt ichida o‘quvchilar grafik redaktor yordamida oddiy geometrik shakllaming proeksiyalarini tuzish hamda berilgan jismning fazoviy holatini va uning shaklini o‘zgartirishni o‘rganishlari kerak. Bu nimaga zarurligi tushunarsiz. Yana yuqorida bildirilgan mulohazalami e’tiborga oladigan bo‘lsak ajratilgan ikki soat ichida o‘quvchilar kompyuter grafikasining alifbosini ham o‘rganishga ulgurolmaydilar. Shuning uchun chizmachilik darslari jarayonida kompyuterlar va grafik dasturlaming imkoniyatlaridan oqilona foydalanish metodikasining taklif qilinishi to‘g‘riroq bo‘lar edi. Kompyuter chizmachilikning quyidagiga o‘xshash bo‘limlari:

• Detal shaklini tahlil qilish;

• Detal chizmalariga o‘lcham qo‘yish;

• 0‘quvchilarga detaining hajmli shaklini namoyish qilish kabilarda foydali bo‘lishi mumkin.

1.Detal shaklini tahlil qilishda kompyuter foydali bo‘libgina qolmay, zarur ham hisoblanadi. Bunda monitor ekranida o‘quvchilar detalni alohida geometrik jismlarga ajratishlari mumkin bo‘ladi, agar bunda qiyinchiliklar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, o‘qituvchi yoki dasturning o‘zi namoyish qiladi.

2. O‘lchamlami to‘g‘ri qo‘yish uchun shaklni tahlil qilish bajariladigan ishlaming asosiylaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu holda ham kompyuerdan oldingiga o‘xshash tarzda foydalaniladi.

3. Shuningdek, chizma bo‘yicha detalning shaklini tasavvur qilishga qiynaladigan o‘quvchilarga ushbu mavzuni o‘rganishlarida kompyuterdan foydalanish katta yordam beradi. Kompyuter yordamida detal shaklini tahlil qilishga misol tug‘ilgan hollarda kompyuterda detaining yaqqol tasvirini namoyish qilish orqali ularga topshiriqni mustaqil bajarishlariga yordam berib yuborish mumkin. Odatda o‘qituvchilar bunday o‘quvchilarga detal modelini plastilin yoki boshqa materialdan bajarib ko‘rishni tavsiya qilib kelishar edi. Maktab chizmachilik kursi bo‘yicha tayyorlangan SD-disk bo‘ladigan bo‘lsa, bunga zaruriyat qolmaydi. O‘quvchilar kompakt-diskdagi detalning hajmli tasvirini har xil tomondan aylantirib qarab o‘rganishlari mumkin. Bunda faqat o‘quvchilar uchinchi ko‘rinishni kompyuter yordamisiz, mustaqil ravishda chizishlari zarur bo‘ladi. Chizmachilikda ATD dan o‘rinli foydalanish ta’limni individuallashtiradi va o‘quvchilar o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirib, ta’lim jarayonini tezlashishiga hizmat qiladi. Ammo ATD lari ta’lim jarayonida hech qachon o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi, chunki mustaqil ta’lim hech vaqt bilim olishning yagona va universal usuli bo‘lishi mumkin emas.

MAVZU:Grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari mavzusida dars ishlanma

Darsning maqsadi:

Ta’limiy:Oquvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini orgatish.

Tarbiyaviy:Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya  qilishni singdirish.

Rivojlantiruvchi:Oquvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:

TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llay bilish;

FK: grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;

Dars usuli:suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, Rasmli boshqotirma , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi:Yangi bilim berish.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:

O’qitish usullari:blits-sorov,savol-javob.

O’qitish shakllari:guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari:9-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,

Monitoring va baholash: ogzaki va test nazorati, amaliy vazifalar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Oquvchilar bilan salomlashish

Xonani va oquvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yoqlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

Darsning maqsad va vazifalarini qoyish.

Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va otilgan mavzuni mustahkamlash.

1. “Ribbon” sozining ma’nosini toping.

a) Maydon. b) Tasma c) Katak d) Mantiq

2. MS Excel 2010 qachon ishlab chiqilgan?

a) 2003 yil b) 2005 yil c) 2010 yil d) 2008 yil

3. MS Excel 2010 menyular qatorini ko’rsating.

a) Главная, Вставка, Разметка страницы, Формулы, Данные, Рецензирование, Вид

b) Главная, Вставка, Разметка страницы, Ссылки, Данные, Рецензирование, Вид

c) Главная, Вставка, Разметка страницы, Формулы, Рассылки, Вид

d) Главная, Вставка, Формулы, Данные, Рецензирование, Вид

4. Главная menyusi qanday vazifalarni bajaradi?

a) jadvalga biror rasm, diagramma kabi ob’ektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan

b) jadvallardagi ma’lumotlarni kiritishga va tahrirlashga mo‘ljallangan

c) matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash

d) jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchun

5. “matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash” ni qaysi menyuda bajariladi?

a) Главная b) Формулы c) Данные d) Рецензирование

Yangi mavzuni bayoni:Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar korgazmasini namoyish qilish bilan  birgalikda olib boriladi).

Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko'zlari yorda- da qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlaming tasvirini qabul qilib ola- Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obektlar haqida tasavvur paydo bo‘ladi.

Obektlaming tasvirini yaratish, ulami saqlash, qayta ishlash va tasvir- h qurilmalarida tasvirlab berish kompyuteming eng qiyin va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasviri sekundiga marta qayta ishlab ko‘rsatadi.

  Kompjoiteming ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning ) ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Videoprotseslar kompyuteming asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- jadallashish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.

Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuterning ma’lumotlami elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi.

Displey to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga 9 kabi bo‘ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 4 ga 3, 5 ga 4 kabi bo‘lishi ham mumkin. So‘nggi paytda 21 ga 9 nisbatdagi displeylar ishlab chiqarila boshlandi. 16^9 va 16x10 nisbatli displeylar
keng, 21x9 nisbatlilari o‘ta keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ataladi.

Piksellar soni bo‘yicha displeylardan keng tarqalganlari va ulaming nomlari quyida keltirilgan;

320x240 CGA (Color Graphic Adapter- rangli grafik qurilma);

640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma);

800x600 SVGA (Super VGA);

1024x768 XVGA (eXtended VGA- kengaytirilgan VGA);

1280x720 HD (High Defenition- yuqori aniqlik);

1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq);

1366x768 WXVGA(Wide XVGA-keng XVGA);

1440x900 HD++ (HD dan yanada ko‘proq);

1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq);

1920x1080 FHD(Full HD-to‘liqHD);

2560X1440 QHD (Quadra HD- to‘rtlangan HD);

3840x2160 4K (4 kilo-to‘rtmingustun)yokiUHD (Ultra HD-o‘ta HI)).

  Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajralib chiqilgan bo‘lib, bar bir qator va ustun kesishgan joyda piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bolaklari joylashgan. Piksellaming bar biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to‘rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo’lishi mumkin.

Kompyuter grafik faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‘ririishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- a tasvirlanadi.

Kompyuter grafikasi o‘tgan asming 70 - 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining  asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san’at va sportga ham tegishli, barcha sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jumallar va o‘quv qo‘llanmalar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.

Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulotri ishlab chiqariladi va sotiladi. San’at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yinlar bo‘yicha jahon birinchiliklari otkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.

Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:

1) oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi;  3) Multimedia

 

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Amaliy ish:

Yodda saqlang: Har bir pikselni rangi qizil, yashil va ko’k ranglarining turli nisbatdagi aralashmasidir.

1.    Videokarta qanday vazifa bajarishini tushuntirib bering.

2. Kompyuter ekranida tasvirlar qanday yaratiladi?

3. Monitor, displey deb nimaga aytiladi? Ulaming qanday farqi bor?

4. Piksel deganda nimani tushunasiz?

5. Kompyuter grafikasining turlari va sinflarini aytib bering.

6.     Diagonali 20 dyuym va o‘lchamlari 4x3, 5x4, 16x9,16x 10 nisbatda bo‘lgan monitorlami bitta chizmada tasvirlang va ulami solishtiring.

Darsga yakun yasash:

Oquvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib  baholash, ularni yol qo’ygan kamchiliklarini togirlash.

Uyga vazifa berish:          

UHD turidagi ekranni chizing. Uning o‘ng yuqori burchagiga boshqa turdagi ekranlami piksellari soniga qarab joylang. Ulaming yuzalari nisbatini toping.

SAVOLLAR:

1.ATD ni ta’lim jarayonida qo‘llashning afzalliklari nimalardan iborat?

2.ATD lari qanday tamoyillarga asoslanadi?

3.Chizmachilik darslarida kompyuterdan foydalanishga qanday talablar qo‘yiladi?

4. Maktab chizmachilik kursining qaysi bo‘limlarida kompyuterdan foydalanishning natijalari yaxshi bo‘ladi va nima uchun?

Bizning manzil

Guliston shahar, 4-mavze

dilraboxon@gmail.com

+998 93 321 31 44

© chizmachilik-metodika.uz. Barcha huquqlari himoyalangan. Dasturchi