Jamiyat rivojlanishi bilan ta’lim bazasi va shu bilan birgalikda o‘quvchilar ham “murakkablashib” boradi. O‘quvchi ko‘proq axborotlarga egaligi sababli unga ta’sir o‘tkazish “qiyin” bo‘lib, uni biror narsa bilan hayron qoldirish ham tobora og‘ir bo‘la boradi. Masalan, hozirgi kunda uyida televizor bo‘lmagan oila qolmagan hisobi, hamma bolalar videotomoshalarning ko‘plab turlarini ko‘rishgan. O‘qituvchilar esa ularni an’anaviy sinf doskasi va bo‘r yordamida nima uchun diqqatini jalb qila olmayotganlariga hayron bo‘ladilar.
Fan-texnikaning rivojlanishi, zamonaviy axborot manbalari va turlarining tezlik bilan ortib borishi endilikda maktab darslarini ham shu kunning talablariga mos tashkil qilish vazifasini qo‘ymoqda. Bunda o‘qituvchi oldida darslami loyihalashning yangi usullarini topishni, yangi axborot manbalari va ko‘rgazmali vositalardan foydalanishni, umuman ta’lim jarayonini faollashtirishni talab qiladi.
Ta’limni faollashtirish deganda qoilanilmagan pedagogik zaxiralami qidirish va amaliyotga kiritish nazarda tutiladi. Zamonaviy sharoitlarda o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi, maktab ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim jarayonini faollashtirishni talab qilmoqda.
Chizmachilik o‘qitishda dars jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirish yoilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
• Darsning oqilona tashkil qilinishi;
• Turli ko‘rgazmali vositalaming qo‘llanilishi;
• Muammoli, dasturlashtirilgan, turli xil topshiriqlar, qiziqarli va tarixiy elementlar, sinfdan tashqari ishlami qo‘llash;
• Grafik faoliyat vositalari yordamida o‘quvchilaming bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirish va b.
O‘quvchilarda grafik madaniyatni tarbiyalash doimiy ravishda amalga oshirilib borishi kerak. Birinchi darsdanoq o‘quvchilarni chizma va undagi yozuvlarni toza bajarishning ahamiyati kattaligi haqida ogohlantirish zarur. O‘qituvchi sinf doskasida chizma bajarish jarayonini o‘quvchilarga ko‘rsatib berishi kerak. O‘qituvchining chizmani nimadan boshlashi, chiziqlarni qaysi tartibda va qanday ketma-ketlikda o‘tkazishini, chizmachilik asboblaridan qachon va qanday foydalanishini kuzatib o‘quvchilar chizma san’ati haqida muhim ma’lumotlarni oladilar.
Zarur ko‘nikmalami shakllantirish o‘quvchilarning ish daftarlarida va chizma qog‘ozlarida grafik ishlarni mustaqil bajarishlari orqali amalga oshiriladi.
Dars- o‘quv-tarbiya jarayonining mantiqiy tugallangan yaxlit tarkibiy qismi bo‘lib, unda ta’limning maqsadi, mazmuni, vositalari va metodlarining murakkab o‘zaro aloqalari, o‘qituvchining shaxsi va mahorati, o‘quvchilaming individualligi va yosh xususiyatlari namoyon bo‘ladi, ta’limning maqsad va vazifalari, tarbiya va rivojlanish amalga oshiriladi.
Darslar bir-biridan turlari va tuzilishi bilan farqlanadi. Chizmachilik darslarini umumiy tarzda quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:
1) yangi materialni o‘zlashtirish;
2) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takrorlash va mustahkamlash;
3) nazorat;
4) umumiy yoki aralash turdagi darslar.
Yuqorida keltirilgan darslarning hamma turlari chizmachilik o‘qitish metodikasida keng foydalaniladi. Yangi materialni o‘zlashtirish darsi bilim olish kabi asosiy didaktik vazifani bajaradiganligi uchun ham asosiy dars turlaridan biri hisoblanadi. Bunday darsga misol sifatida 8-sinfdagi chizmachilikdan birinchi darsni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu darsda o‘quvchilar “Chizmachilik” fani bilan tanishib, chizmachilik o‘qishning maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati, kishilarning amaliy faoliyatidagi o‘rni bilan tanishadilar.
O‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ulaming hayotiy va mehnat tajribalari natijasida o‘qish va bilim olishga bo‘lgan ongli munosabatlari o‘qituvchidan o‘tiladigan darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.
Chizmachilik fanida kursning mazmuni, o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyat shakllaridan kelib chiqqan holda aralash turdagi darslar ko‘p qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchining yangi materialni bayon qilishi bilan bir qatorda amaliy ishlar bajarish, o‘quv qo‘llanmadan foydalanib uy vazifasini bajarishga doir zarur tushuntirishlar darsning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Amaliy ish bajarish orqali olingan bilimlar mustahkamlanadi, o‘quvchilarning chizma bajarish texnikasi takomillashadi.
O‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi bilimlami bayon qilish uchun tanlangan ta’lim metodi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim metodlarining shakllanish tarixi va turlarga ajratilishiga keng o‘rin berilgan.
Eng oddiy ta’lim metodlari turlariga og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlari ko‘rsatishimiz mumkin. Chizmachilik darslaridagi og‘zaki metodlarga o‘qituvchining yangi materialni ma’ruza-suhbat shaklida bayon qilishini, doskada chizma bajarish jarayonida uning bosqichlarini tushuntirib borishini, shuningdek, o‘quvchilaming o‘quv qo‘llanmalari va ma’lumotnomalardan mustaqil foydalanib bilimlarini mustahkamlashlarini ko‘rsatish mumkin.
Chizmachilik darslarini tashkil qilish prinsiplarini sxema shaklida tasvirlash mumkin. Sxemada uchta bo‘lim va ularning tarkibiy elementlari ajratib ko‘rsatilgan.
1.O‘quv fani bo‘yicha optimal namunaviy dastur.
Ta’lim jarayonini boshqarish imkoniyatlaridan eng yaxshisini aniqlash (tanlash) ta’limni optimallashtirish deyiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi egallashi zarur bo‘lgan bilimlar hajmini aniqlash hamisha o‘quv jarayonining eng murakkab masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Ko‘pincha dasturda o‘quvchilarga o‘rgatish nazarda tutilgan axborotlar hajmi o‘quvchilami keyingi o‘qish va kasbiy faoliyatga tayyorlash talablariga to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Chegaralangan vaqt ichida iloji boricha ko‘proq hajmdagi axborotlarni berish imkoniyatlarini izlash o‘qituvchidan o‘qitish metodikasini doimo takomillashtirib borishni talab qiladi.
Biror sinf, aniqrog‘i har bir o‘quvchiga u yoki bu masalani yechish, darslikdagi bir varaq materialni o‘zlashtirish, grafik topshiriqlami bajarish uchun qancha vaqt zarur bo‘lishini aniq ishonch bilan aytib bo‘lmaydi. O‘quv jarayoni samaradorligini belgilovchi ma’lumotlarsiz, uni boshqarish imkonini beradigan usullami aniqlamasdan o‘quv jarayonini takomillashtirish mumkin bo‘lmaydi.
2.Grafik harakat va operatsiyalar dasturi.
Bu dastur bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini zamonaviy texnik chizma hujjatlar bilan samarali ishlashga tayyorlash uchun rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu birinchi navbatda chizmachilik fani dasturining grafik va amaliy topshiriqlar bilan boyitilgan bo‘lishi zarurligini bildiradi. Grafik va amaliy xarakterdagi topshiriqlami bajarish o‘quvchilarda chizma asboblari va mexanik moslamalar bilan ishlash malakalarini shakllantirib qolmasdan, yechim topishda ilmiy metodlardan foydalanishga ham o‘rgatadi.
O‘quv grafik va amaliy topshiriqlarini taxt qilish va ulami bajarishga sarflanadigan vaqt miqdori ko‘pincha quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi:
•O‘quvchilar mehnat unumdorligini qulay chizmachilik asboblari va ular bilan ishlash malakalarining shakllanganligi bilan taminlanishi;
•Chizma-grafik va amaliy ishlarni taxt qilinishi metod va usullari tanlanishiga tizimli yondashuv;
•O‘z faoliyatiga ijodiy yondasha olish, ya’ni ko‘p vaqt talab qiladigan tayyorgarlik va takrorlanuvchi operatsiyalarga vaqt sarflamaslik;
• Chizma murakkabligi darajasini hisobga olib o‘zining harakatlarini to‘g‘ri rejalashtira bilish.
3.Ta’lim faoliyati dasturi.
Ta’lim olish o‘quvchilarning o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish, o‘quv vazifalarini bajarish, jumladan o‘quv materiallarini eslab qolish, masalalar yechish, o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir har xil nazorat va test topshiriqlarini bajarishga taalluqli individual imkoniyatlari ko‘rsatkichidir.
An’anaviy o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan texnik usullar ta’lim va nazorat vositalaridan iborat. Bunday vositalar individual va umumiy xarakterda bo‘lishi va o‘quv materialini o‘zlashtirish dinamikasiga tezlik bilan moslasha olishi mumkin.
Ta’limda texnik vositalami qo‘llashdan maqsad quyidagilardan iborat:
•Ta’lim jarayoni samaradorligini uni o‘quvchilaming individual xususiyatlariga moslashtirish orqali oshirish;
•O‘qitishning texnik vositalari va o‘quvchilar bilimini nazorat qilishda samarali metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi mehnatini yengillashtirish.
Ta’lim sifatini orttirish uchun darsda o‘quvchilarning hammasi darslik va zarur ma’lumotnomalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bayon qilinadigan har bir mavzu bo‘yicha materialning ketma-ketligi va hajmi darslikda belgilanadi. Uning har bir bo‘limi bilimlarning yaxlit hamda tugal “hajmi”ni o‘z ichiga oladi va hamisha u o‘qituvchi uchun asosiy manba vazifasini bajaradi. Darslikdan o‘rinli foydalanish kerak. Dars paytida darslikni mustaqil o‘qishga ko‘p vaqt ajratish mumkin emas, chunki bunda o‘qituvchining rahbarlik roli yo‘qotiladi.
O‘quvchilaming mashq va majburiy grafik ishlami bajarishlarida darslik juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu hollarda o‘qituvchi vazifani bajarishga qiynalgan o‘quvchilarga darslikka murojaat qilish, undagi zarur mavzuni o‘qib, chizma bajarishga taalluqli tasvirlami o‘rganishni tavsiya qilishi mumkin. Uy vazifasini va amaliy ishlami bajarish hamda o‘tilgan materialni takrorlashda darslikdan juda samarali foydalaniladi. Darslik mashg‘ulotlarda bayon qilingan ma’lumotlarni bir tizimga solishda yordamlashadi, mantiqiy fikrlashni rivojlantirib, o‘quvchilarning nutqini shakllantiradi.
O‘quvchilarda adabiyot va ma’lumotnomalar bilan ishlash ko‘nikmalarining shakllanganligiga alohida ahamiyat qaratish zarur bo‘ladi. Bu ko‘nikmalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. O‘quvchilarda bu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun chizmachilik o‘qituvchisi butun kurs davomida shug‘ullanib borishi kerak bo‘ladi.
SAVOLLAR:
1.Chizmachilik o‘qitishda ta’limni faollashtirish yo‘llariga misollar keltiring.
2.Chizmachilik darslarini tashkil qilish prinsiplari va uning elementlarini ayting.