Har qanday fanni o‘qitish metodikasining asoslari uchta asosiy tarkibiy qismlar: konsepsiya, ta’limning metodik tizimi va ular ta’siri natijalarini baholashdan iborat.
8 va 9-sinflarda chizmachilik fanini o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hamda hayotiy va mehnat tajribalaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘quvchilar bu vaqtga kelib bilim olishga ongli ravishda, ma’lum maqsad bilan intiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z oldidagi vazifalami tahlil qilib, har bir darsning eng optimal tuzilishini o‘ylab, dars maqsadlariga to‘liq javob beradigan tuzilishni topishga harakat qilishi kerak. Navbatdagi darsning muvaffaqiyati ko‘pincha oldin o‘tilgan darslar qatorida uning qanday o‘rin tutishiga, o‘quvchilar egallagan bilim va amaliy ko‘nikmalariga hamda ularga tushuntiriladigan bilimning hajmi va mazmuniga bog‘liq. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashlari darajasi, darslik yoki ilmiy-ommabop va texnik adabiyotlardan mustaqil o‘qib o'rganish imkoniyatlariga tayanadi.
Pedagogikada darslarning har xil turlari va o‘qituvchining bilimlarni bayon qilishining turli shakllari tahlil qilib berilgan. Masalan, darslar quyidagi turlarga ajratilgan:
• yangi materialni o'rganish darsi;
• bilim, ko‘nikma va malakalami mustahkamlash darsi;
• takrorlash-umumlashtirish darsi; • aralash yoki kombinatsiyalashgan dars.
Chizmachilik darslari uchun eng keng tarqalib, ommalashgan dars turi - aralash yoki kombinatsiyalashgan darsdir. Bunda o‘qituvchining mavzuni bayon qilishi bilan bir qatorda o‘quvchilar tomonidan amaliy ishlami bajarilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Ushbu amaliy ishlar o‘quvchilarga o‘quv adabiyotlaridan foydalanib olingan bilimlarni mustahkamlashga hamda uy vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlami o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.
Hozirgi kunda tal’im jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga qiziqish ortib bormoqda. Bunda, asosan hozirgacha o‘quvchilar tayyor bilimlami egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ulami egallayotgan bilimlami o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga va imkoni boricha xulosalari ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bunday ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Innovatsiya - inglizcha so‘z bo‘lib, yangilik kiritish, yangilik ma’nolarini bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘quvchi va pedagog faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Interaktiv metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlashga asoslanadi va pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlaming o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Chizmachilik o‘qituvchisidan ham zamonaviy texnologiyalami bilish va ulardan o‘zining kasbiy faoliyatida o‘rinli foydalana olish malakalariga ega bo‘lishlik talab qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar maxsus fan sifatida o‘qitilishi uchun biz bu haqida batafsil to‘xtalmaymiz.
Umumta’lim maktablaridagi chizmachilik darslari o‘zining xususiyatlariga ko‘ra boshqa fanlardan birmuncha farqlanadi. O‘rganilgan ma’lumotlarning asosiy qismlari bo‘yicha o‘quvchilar individual grafik ishlami bajaradilar va ulami tekshirish jarayonida 0‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashiga to‘g‘ri keladi. Amalda o‘quvchi chizmachilik fanini 0‘qituvchi rahbarligi va nazorati ostida maxsus jihuzlangan chizmachilik kabinetida o‘rganadi. Darsda o‘qituvchining nazariy ma’lumotlami tushuntirganidan keyin shu mavzu bo‘yicha 0‘quvchilar ish daftarlarida grafik ish bajaradilar. O‘qituvchi har o‘quvchining qobiliyat va imkoniyatlarini yaxshi biladi va uni o‘quv jarayonida hisobga olishi yaxshi samara beradi. Lekin 0‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish vaqti chegaralangan. O‘qituvchi har bir o‘quvchining ishini kuzatish va ularga chizma bajarishning ratsional yo‘llarini ko‘rsatish, mavzuning qiyin joylarini tushuntirish hamda bajarilgan ishlami tekshirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun o‘qituvchining darsni tashkil qilishiga ko‘p narsa bog‘liq. Chizmachilik darslari maxsus jihozlangan chizmachilik kabinetlarida o‘tiladi.
Chizmachilik kabinetlarini jihozlash keyingi mavzularda ko‘rilishi sababli bu yerda u haqda to‘xtab o‘tilmaydi.
O‘qituvchining diqqat markazida hamisha 0‘quvchilarda amaliy grafik ish bajarish malakalarini shakllantirish asosiy vazifa ekanligi turishi kerak.
Dars turi ham shundan kelib chiqib tanlanishi zarur. Ta’lim metodlarini tanlashda albatta chizmachilik fanining xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Yangi mavzuni o‘rganishda o‘quvchilarga “Hammasi tushunarlimi?” yoki “Hamma tushundimi?” qabilidagi savollar bilan murojaat qilish yaramaydi. Chunki, kamdan kam odam o‘zining tushunmasligini tan oladi. Shuning uchun “Ushbu kesimni hosil qiluvchi tekislik qanday vaziyatda joylashgan?”, “Konus sirtidagi A nuqtaning gorizontal proyeksiyasi qanday topiladi?”, yoki “Pog‘onali va siniq qirqimlar qanday hosil qilinadi” kabi aniq savollar bilan murojaat qilish kerak. Ayniqsa o‘qituvchi doskada chizma bajarish jarayonida to‘xtab, 0‘quvchilarga “Keyingi yasashlami qanday bajaramiz?” yoki “Ushbu detal chizmasini bajarishda nechta ko‘rinish zarur bo‘ladi?” kabi savollarni tashlashi yaxshi samara beradi. Savolning bunday qo‘yilishi o‘quvchilami bajarilayotgan ish yechimini topishning faol ishtirokchilariga aylantiradi va ulami o‘ylanib, taxminlari ichidan eng to‘g‘rirog‘ini tanlashga o‘rgatadi.
Savollari butun sinfga ham, yoki alohida o‘quvchining o‘ziga ham berish mumkin. Masalan, “Toshmatov, ushbu ko‘rinishda qaysi qirraning uzunligi qisqarib tasvirlangan va nima uchun?”. Bu shuni ko‘rsatishi mumkin-ki, Toshmatov darsdan chalg‘igani uchun o‘qituvchi uni mavzuni tinglashga jalb qildi. Demak, 0‘qituvchi dars jarayonida o‘zining darsni tushuntirishiga yoki hikoyasiga ortiqcha berilib ketmasligi kerak. O‘qituvchi mashg‘ulot davomida sinfdagi o‘quvchilarning darsga munosabatlarini doimiy nazorat qilishi, o‘quvchilar diqqatini jalb qilish qobiliyatini egallagan bo‘lishi kerak.
Eng sodda klassifikatsiya bo‘yicha dars mashg‘ulotlari og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarga bo‘linadi. Chizmachilik darslarining og‘zaki ko‘rinishiga o‘qituvchining ma’ruza-suhbat shaklidagi materialni bayon qilishi, sinf doskasida mavzuga tegishli chizmalami bajarishi hamda o‘quvchilarning o‘quv qo‘llanmalari va ma’lumotnomalardan foydalanib mustaqil ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Dars davomida plakat, o‘quv jadvallari, modeliar, natural ob’ektlar, elektron versiyalar kabi o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish ko‘rgazmali metodlarga kiradi. O‘quvchilarning eskiz va chizmalami, olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan turli grafik mashqlami mustaqil o‘qishlari va bajarishlari amaliy metodlarga kiradi. Bu metodlaming hammasida ikki tomonlama jarayon: o‘qituvchi-o‘quvchi muloqoti yetakchi o‘rinda turishi kerak. O‘qituvchi ta’limning tashkilotchisi sifatida asosiy o‘rinda turadi. O‘qituvchi chizmachilik o‘qitish jarayonida ko‘pincha o‘quvchilarga notanish bo‘lgan tushuncha va atama (termin)larni ishlatishiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar chizmachilikni o‘rganishlari uchun bu tushunchalarni puxta o‘zlashtirib olishlari zarur bo‘ladi. Ikkinchi tomondan eslab qolish kerak bo‘lgan notanish atamalarning ko‘pligi, nazariy tushunchalarni amaliy grafik faoliyat davomida mag‘zini chaqishga zaruriyat paydo bo‘lishi o‘quvchilaming fanni o‘zlashtirishlariga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. Lekin o‘quvchilar bu tushunchalarni puxta o‘zlashtirmasdan chizmachilikni o‘rgana olmaydilar. Shularni e’tiborga oladigan bo‘lsak 0‘qituvchi oldida chizmachilik fani tushuncha (atama)larining miqdor va sifat muammosi paydo bo‘ladi.
Chizma terminlari yetarlicha ko‘p bo‘lib, ular mavzular bo‘yicha teng taqsimlanmagan va buning iloji ham yo‘q. Chizmachilikdagi termin va tushunchalarni shartli ravishda uchta: geometrik, proyeksion va texnik guruhlarga bo‘lish mumkin. Geometrik tushunchalarga gorizontal, vertikal, parallel, qirra, yoq, uch, kesma, nur, tekisliklar orasidagi burchak, geometrik jismlarning nomlari va b. kiradi. Asosiy proyeksion tushunchalarga proyeksiyalash jarayonini nazariy tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tushunchalar, yordamchi proyeksion tushunchalarga chizma bajarish va uni taxt qilish bilan bog‘liq bo‘lgan terminlar (chizma anjomlari, DST elementlari, chiziq turlari, o‘lchamlar, shartli belgilashlar va h.) kiradi. Chizmachilikdagi texnik terminlar (detal va yig‘ish birliklarining nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar) texnik tushunchalar hisoblanadi.
Chizmachilikdagi tushunchalarni murakkabligi, aniqlik darajasi yoki mavhumligi va boshqa sifatlari bo‘yicha klassifikatsiyalab chiqilsa bu ayniqsa yosh o‘qituvchilar uchun katta metodik yordam bo‘lar edi.
Chizmachilikdagi tushunchalarning ko‘pchiligi buning ustiga proyeksiyalash jarayonida yoki chizmani o‘qishda ishlatilishiga qarab ma’nosi birmuncha o‘zgarib ishlatiladi. Ayrim tushunchalar ma’nosi o‘zgarmasdan qo‘llaniladi (masalan, kompleks chizmaning bog‘lash chiziqlari). Boshqa tushunchalar tasvirdagi vazifasiga qarab ko‘p ma’noda ishlatilishi mumkin (proyeksiyalar tekisligi, simmetriya tekisligi, kesuvchi tekislik, proyeksiyalovchi tekislik va h.).
Geometrik tushunchalarni sifat xarakteristikalari bo‘yicha taxminan quyidagicha guruhlash mumkin:
• asosiy geometrik figuralar, jismlar va ularning elementlari haqidagi tushunchalar: parallelogramm, silindr, qirra, asos, uch va h. Ularni o‘quvchilar chuqur tushuntirishlarsiz, tasvirlari bo‘yicha ham oson o‘zlashtirib va esda saqlab qoladilar.
• chizma bajarish vositalariga taalluqli bo‘lgan grafik tushunchalar: o‘q chiziq, shtrix chiziq, diametr va radiusning shartli belgilanishi va h.
• metrik tushunchalar: masshtab, uzunlik, balandlik, gradus, kesma va yoyni qismlarga bo‘lish va h.
• o‘zaro fazoviy joylashish haqidagi tushunchalar: parallellik, perpendikulyarlik, kesmalaming kesishishi va ayqash vaziyati va h.
• harakatlanish tushunchalari: jipslashtirish, yoyish, kesishish va h.
• yasash tushunchalari: perpendikulyar tushurish va chiqarish, burchak yasash, o‘lcham qo‘yish, shtrixlash va h.
Yuqorida chizmachilikda qo‘llaniladigan geometrik tushunchalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Proyeksion tushunchalarni ham shu shaklda guruhlarga ajratib, tahlil qilib chiqish mumkin. Chizmachilik tushunchalarining ushbu ko‘rinishdagi tahlil qilinishi o‘quvchilarning ularni dars jarayonida ongli ravishda o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.
Chizmachilik o‘qitish metodikasi sohasida qo‘llaniladigan tadqiqotlar o‘qitishning qonuniyat va xususiyatlarini aniqlash, dastur mavzularini o‘rganishda samarali metod va usullari ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish, grafik topshiriq, o‘qitishning texnik vositalari, tavsiyalar ishlab chiqish kabilami o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot ishlarining zarur sharti fanning maktabda o‘qitilish ahvolini yaxshi bilishdan iborat. Buning eng yaxshi yo‘li bevosita maktabda chizmachilik o‘qitish. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan har kuni uchrashib tursa, o‘qituvchi o‘quvchilarning dastur, darslik, didaktik materiallar va ko‘rgazmali qurollarga nisbatan munosabatlarini bilib boradi. Bu unga o‘qitishdagi kamchiliklarini tez va chuqur bilishga va ulami bartaraf qilish yo‘llarini izlashga imkon beradi.
Ko‘pchilik bo‘lg‘usi pedagoglar talabalik partasidan boshlaboq pedagogik tadqiqot elementlari bilan shug‘ullana boshlaydilar. Bunga chizmachilikdan ko‘rgazmali qurollar, individual topshiriqlar uchun materiallar tayyorlash, o‘quvchilarning grafik tayyorgarligini tahlil qilish va talabalar ilmiy anjumanlarida ma’ruza va chiqishlar bilan qatnashishlar kiradi.
Pedagogik tadqiqot jarayonini o‘zaro bog‘liq bir necha shartli bosqichlarga bo‘lish mumkin. Har bir bosqichning o‘z vazifalari bor:
Birinchi bosqich - tegishli adabiyotlar va o‘qituvchilar faoliyatlarini o‘rganib, tadqiqot muammolarini aniqlash.
Adabiyot manbalarini o‘rganishda quyidagilar aniqlanishi kerak:
- ish muallifining asosiy g‘oyasi, tadqiq qilinayotgan muammo yechimiga uning munosabati va qarashlari;
- uning an’anaviy prinsip (yondashuv, yechim)lardan farqi, bu muammoni o‘rganishga uning qo‘shgan hissasi;
- uning ishida qaysi mavzular bo‘yicha asosiy savollar javobsiz qolganligi;
- muammoni keyingi tadqiq qilishda qanday yechilmagan muammolarni hal qilish zarurligi; O‘qituvchilar tajribasini o‘rganishda quyidagilarni aniqlash kerak:
- o‘qituvchi qanday qiyinchiliklarga duch keladi;
- qiyinchilik va kamchilarning sabablari.
Ikkinchi bosqich - gipotezani qo‘yish. Gipoteza (ilmiy faraz) bu ma’lum muamoni hal qilish yo‘li ko‘rsatilgan taklif. Tadqiqot jarayonida gipoteza o‘zgarmasdan qolmaydi. Dalillarni to‘plash va ularni solishtirish natijasida tadqiqotchi gipotezaga aniqlik kiritib, yanada asoslangan ko‘rinishga keltiradi.
Uchinchi bosqich - gipotezani tekshirish va nazariyalami qurish.
Bunday tekshirish ilmiy tadqiqotning turli metodlaridan foydalanib amalga oshiriladi.
To‘rtinchi bosqich - tadqiqot natijalarini taxt qilib amaliyotga kiritish.
Tadqiqot amaliyotida sanalgan bosqichlar qat’iy ketma-ketliklarida bo‘lmasligi ham mumkin. Tadqiqotchi ish jarayonida boshlang‘ich bosqichlarni bir vaqtning o‘zida amalga oshirishi ham mumkin.
Tadqiqot metodlari. Chizmachilik o‘qitish metodikasida umummilliy va maxsus tadqiqot metodlariga ilmiy va metodik adabiyotlar tahlili, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, kuzatish, so‘rovnomalar o‘tkazish, suhbat, modellashtirish, tizimli-tarkibiy tahlil, tajriba sinov о‘qishlari va h.lar kiradi.
Adabiyotlar va pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish umumlashtirishlar umumiy holda nazariy metodlarga kiradi.
Adabiyotlar ustida ishlash, o‘rganish zarur bo‘lgan asarlar ro‘yxati (bibliografiya)ni tuzishdan boshlanadi (kitoblar, jumallar, to‘plamlardagi maqolalar, referativ obzorlari va h.).
Kuzatish - pedagogik jarayonga aralashmasdan uzoq muddatda tahlil qilishga asoslangan. Kuzatish to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita darsda), yoki sirtdan (grafik ishlar, maktab hujjatlari bilan tanishish) bo‘lishi mumkin. Kuzatish reja asosida olib borilishi kerak.
Suhbat - o‘quvchilar yoki o‘qituvchilar bilan o‘tkazilishi mumkin.
O‘quvchilar bilan ular fikrlash yo‘nalishini aniqlash maqsadida suhbat o‘tkaziladi.
Suhbat natijalari bayonnoma, stenografiya yoki magnitafon yozuvlari ko‘rinishida batafsil yozib olinib keyin tahlil qilinadi.
So‘rovnomalar o‘tkazish (anketa so‘rovi) - qo‘yilgan maqsadlarga mos ravishda tadqiqotchi o‘quvchilar yozma javob berishi kerak bo‘lgan savollarni tuzib chiqadi. Savollar javob beruvchilar uchun aniq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Tajriba sinov - nazorat va hisoblashlari aniq o‘tkazish imkoniyatlari ta’minlangan sharoitda, ahamiyatsiz va noto‘g‘ri ta’sirlarsiz pedagogik jarayonini kuzatishga imkon beruvchi murakkab va zarur metodlarning biri.
Tajriba sinov tabiiy va laboratoriya sharoitlarida o‘tkazilishi mumkin. Uning o‘tkazilish muddatlariga ko‘ra tajriba - sinov o‘qitish yoki tajriba - sinov darslari bo‘lishi mumkin.
Tajriba - sinov natijalarini umumlashtirishning keng tarqalgan turidan biri natijalarni taqqoslash usulidir.
Chizmachilik o‘qitish metodikasida umummilmiy tadqiqot bilan birgalikda maxsus tadqiqotlar ham o‘tkaziladi. Ularning qo‘llanilishi grafik ishlarni bajarish, bajaruvchining qo‘l harakatlarini aniqlash, zaruriyat va tasvirlashda oson hamda yengil ko‘nikmalarni shakllantirish bilan belgilanadi.
Maxsus metodlarga siklografiya - harakat kinematikasini qayd qilish;
tenzometriya va pezometriya - zo‘riqishlar kattaligini qayd qilish;
okulografiya ko‘z harakatlarini qayd qilish;
xronometrik - vaqtni qayd qilish;
multiplikatsiyalash - grafik tasvirlami bajarish ketma-ketligini qayd qilish kabilar kiradi.
SAVOLLAR:
1. Chizmachilik o‘qitishda qanday dars turlaridan ko‘p foydalaniladi?
2. Interaktiv metod va innovatsion texnologiyalarning mohiyati nimadan iborat?
3. Chizmachilik o‘qitishda amaliy va ko‘rgazmali metodlarning o‘rni qanday?