Chizmachilik fani umumta’lim maktablarida 2000-yildan boshlab P.Odilov va A.Umronxo‘jayevlar tomonidan tuzilgan dastur bo‘yicha o‘qitilib kelinmoqda. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy- metodika markazi tomonidan “Chizmachilik o‘qitishni takomillashtirish konsepsiyasi”e’lon qilindi. 1995-yilda shu konsepsiyaga asosan chizmachilik fani “Texnikaviy grafika asoslari” deb yangi dan nomlanib, shu nomda dastur va darslik chop qilinib, o‘quv jarayoniga kiritildi. 2004-yilda P.Odilov va boshqalar tomonidan umumta’lim maktablarining 8 va 9-sinflari uchun “Chizmachilik” darsligi nashr qilinib, o‘quv jarayoniga kiritildi.
Hozirgi kunda respublikamiz umumta’lim maktablarida A.Umronxo‘jayev tomonidan tayyorlangan “Chizmachilik” hamda P.Odilov va b. tomonidan tayyorlangan “Chizmachilik” darsliklaridan foydalanilmoqda. Ikkala darslik ham bitta dastur asosida tayyorlangan bo‘lib, mavzularining nomlanishi va ketma-ketligi ham o‘xshash. Shuning uchun maktab chizmachilik kursining tuzilishi va mazmunini dastur va shu ikkala darsliklarda mavzularning yoritilishiga asosan tahlil qilamiz.
Chizmachilik dasturi quyidagi о‘quv vazifalami bajarishni о‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
1. O‘quvchilarga konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi, ESKD) qoidalari to‘g‘risida umumiy tushuncha berish;
2. Geometrik yasashlar bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish;
3. Proyeksiyalash asoslarini o‘rgatish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish. Geometrik modellar va sodda detallarning to‘g‘ri burchakli hamda aksonometrik proyeksiyalarini yasash malakalariga erishish;
4. Chizmalarni o‘qish malakalarini hosil qilish;
5. Bolalarning fazoviy tasavvurini hamda grafik tafakkurini rivojlantirish;
6. Chizmalarda qirqim, kesim, shartliliklar va soddalashtirishlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish;
7. Mashinasozlik chizmalari bo‘yicha va sxemalar haqida umumiy tushunchalar berish;
8. Loyihalash elementlari bo‘yicha ilk ko‘nikmalarni shakllantirish;
9. Qurilish chizmalarining asoslari bilan tanishtirish;
10. Grafik redaktor yordamida oddiy chizmalar yasash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Chizmachilik dasturining vazifalari nazariy va amaliy bilimlarni integratsiya asosida mashqlar, grafik hamda amaliy ishlar majburiy minimumini bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi va unga o‘quv vaqtining 60-70 foizi ajratilishi lozim. Bu ishlaming mazmuni chizmalar, eskizlar, aksonometrik proyeksiyalar, texnik rasmlami bajarish va ulami o‘qiy olishdan iborat bo‘lish kerak.
Chizmachilikdan yangi dasturdan ta’limning quyidagi yo‘nalishlarini alohida ajratib ko‘rsatish zarur:
-tasvirlash usullarini o‘rganish;
-chizmalarni o‘qish;
-eskiz bajarish;
-chizma bajarish;
-chizmalarni qayta qurish va oddiy konstruksiyalash usullarini qo‘llash.
Shunday qilib, o‘quvchilar grafik faoliyatiga tayangan holda ularning fazoviy tafakkurini rivojlantirish birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
Chizmachilik o‘quv dasturining maqsadi o‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga, shuningdek kompyuter yordamida oddiy chizmalarni yasashga o‘rgatishdan iborat. Chizmachilik kursining turmush, ishlab chiqarish bilan aloqalarini ta’minlash, shuningdek, o‘quv jarayoniga qiziqarli va ijodkorlik masalalarining kiritilishi unga o‘quvchilarning qiziqishi va ta’lim sifatini orttiradi.
Zamonaviy o‘zgarishlar umumta’lim maktablari oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shu jumladan o‘quvchilarning grafik ta'limi, mazmunini ham qayta kо‘rib chiqish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. O‘quvchilarning maktabda chizmachilikni o‘rganishi, fakultativ mashg‘ulotlar va boshqa fanlarni o‘qishlarida egallashlari rejalashtirilgan grafik bilim, ko‘nikma va malakalarining umumlashmasini grafik ta’lim deb tushunamiz. Grafik ta’limning tarkibiy qismlari 2-shaklda keltirilgan.
Chizmachilik darslarini o‘tish va tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar dasturning tarkibiy qismidir. Unda chizmachilik darsi samaradorligini oshirish - o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishdagi asosiy masalalardan biri ekanligi ta’kidlangan. Bu vazifani bajarish uchun o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqillikni tarbiyalaydigan har xil metod va shakllardan foydalanish kerak. Bunda nazariy ma’lumotlarni o‘rganish darsda grafik va amaliy ishlarni bajarish bilan uyg‘unlashib ketishi kerak.
Bu ishlar uchun topshiriqlar o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, imkoni boricha mehnat ta’limi o‘qituvchisi bilan hamkorlikda tanlansa yaxshi natija beradi. Mashqlar va grafik ishlarning mazmuni o‘quvchilarga chizmalar, eskizlar, texnik rasmlarni o‘qish va bajarish; tasviri bo‘yicha buyumni modellashtirish; buyumlarning fazoviy tasvirlar (xususiyatlar)ini qayta qurish va ularni o‘zgartirish kabilarni bajarishga o‘rgatishga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Dasturda o‘quvchilar bajarishi kerak bo‘lgan majburiy grafik ishlarning ro‘yxati berilgan.
Avval aytib o‘tganimizdek, “tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” mutaxassisligining bitiruvchilari umumta’lim maktablari bilan bir qatorda kasb-hunar kollejlaridagi grafika, xususan, chizmachilik fanlari bo‘yicha ham mashg‘ulotlarni olib boradilar.
SAVOLLAR:
1. Chizmachilik dasturida qanday vazifalami bajarish vazifa qilib belgilangan?
2. Grafik ta’lim deganda nimani tushunasiz?
3. Grafik ta’lim tarkibiy qismlarini sanab bering.
4. Grafik ta’lim tarkibiy qismlari minimumining mazmuni nimalardan iborat?
5. O‘quvchilaming grafik tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishi kerak?