1.7. Umumta’lim makatablari chizmachilik dars mashg‘ulotlarini rejalashtirish

Dars- o‘quvchilar faoliyatining asosiy ko‘rinishi bo‘lib, nazariy bilimlar shaklida umumlashtiriladi. Dars mavzusini o‘zlashtirilishi uning asosiy ko‘rsatgichi hisoblanadi. Dars o‘tish shakllari har xil bo‘lib, asosan qo‘yilgan didaktik maqsadlarga yangi bilimlar olish, grafik ishlarni bajarishda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, chizmalarni o‘qish va chizishni bilish kabilarga bog‘liq.

Darsning har bir shakliga alohida qonuniyatlar mos keladi. Bunda o‘quvchilar zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun maxsus yo‘naltirilgan o‘quv masalalari o‘quv faoliyatini shakllantirishning o‘ziga xos usuli bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, o‘quvchilar oldiga proyeksiyalash va chizmani o‘qishga o‘rganish vazifalari qo‘yiladi. Bu masalalarni o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda yechish jarayonida ularda tushunchalar shakllanishiga o‘xshash bilish faoliyati yuzaga keladi.

Chizmachilik darslarida o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantirishga ahamiyat qilish kerak:

a)    bilim olish jarayonlarini boshqarish (aniq maqsadga yo‘naltirilgan diqqat, xotira va h).

b)    o‘quvchilarning nutq imkoniyatlari, turli belgili tizim (simvolik, grafik, obrazli)larni tushunish va ulardan foydalanish qobiliyati.

Har qanday faoliyat turi kabi o‘qituvchi mehnati ham unga oldindan tayyorlanish va rejalashtirishni talab qiladi. Ushbu tayyorlanish bosqichi o‘qituvchining bevosita xizmat burchi bo‘lib, o‘qituvchi unga o‘quv dasturlariga asosan tayyorlanadi. O‘quv dasturi faqatgina o‘quvchilar egallashi zarur bilim va ko‘nikmalar doirasida chegaralanib qolmasdan, har bir mavzuni o‘rganish uchun tavsiya qilinadigan o‘quv soatlarini miqdorini ham belgilaydi. Mahalliy sharoitlar, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda va o‘zining pedagogik tajribasiga suyanib, o‘qituvchi u yoki bu mavzuni o‘rganishiga ajratilgan soatlar miqdorini birmuncha o‘zgartirishi, shuningdek o‘quv materialini har bir soatga mustaqil ravishda taqsimlab chiqishi mumkin. Bu ishlar o‘quv yili oldidan, mashg‘ulotlar rejasiga asosan kalendar-reja tuziladigan davrda bajariladi. Har bir o‘tiladigan darsga dars rejasi tuzib chiqiladi.

Yillik kalendar tematik reja tuzish. Qator ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlar natijasida ba’zan o‘qituvchi oldindan tuzilgan kalendar-rejaga o‘zgarishlar kiritishga majbur bo‘lishiga qaramasdan, reja oldindan puxtalab ishlab chiqishni kasbiy faoliyatining zarur va ma’suliyatli bosqichi sifatida qarashi kerak. Ushbu rejaning sifati o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, dasturning har bir bo‘limini o‘rganish bilan bog‘liq qiyinchiliklar xarakteri, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini qanchalik darajada aniq va to‘liq tasavvur qilishi bilan belgilanadi. Dars rejalarini o‘qituvchi yil davomida kalendar - rejaga asoslanib tuzib boradi va keyingi yil uchun reja tuzishda zarur bo‘ladigan to‘g‘rilashlarni belgilab boradi.

Kalendar - reja tuzishdan oldin o‘qituvchi (ayniqsa yosh o‘qituvchilar)ga maktabdagi boshqa fanlar (matematika, fizika) bo‘yicha tuzilgan rejalar bilan tanishish va unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgarishlarni o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek ularga chizmachilik bo‘yicha metodik maqolalar, “Xalq ta’limi”, “Ta’lim muammolari”, “Uzluksiz ta’lim” kabi metodik jurnallaridagi maqolalarni o‘rganish katta yordam beradi.

O‘qituvchi darsga tayyorlanishda mashg‘ulotlar o‘quvchilar uchun faqatgina foydali bo‘lib qolmasdan, balki qiziqarli bo‘lishiga erishishga harakat qilish kerak. Chizmachilik fani o‘qituvchisining geometriya, mehnat ta’limi, matematika fanlarning o‘quv dasturi bilan ham tanishgan bo‘lishi foydalidir. Chizmachilik bo‘yicha o‘quv dasturi fan o‘qituvchisining doimiy qo‘llanmasi bo‘lishi va kursini o‘rgatishi davomida o‘qituvchi unga xamisha murojat qilib turishi kerak.

Chizmachilikdan o‘quv materialini aniq rejalashtirish talab qilinadi. Bunda dastur bo‘yicha mavzu yoki bo‘limni ajratilgan soatlar bo‘yicha o‘tiladigan hajmini taqsimlash ayniqsa yangi ish boshlayotgan o‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Darsga tayyorlanishda bezakli rejalar tuzish ayniqsa ko‘p foyda beradi. Shunday reja tayyorlansa o‘qituvchi o‘zaro bog‘liq, darslar tizimi, mashg‘ulotlar mavzulari va zarur tasviriy material to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘ladi. Har bir dars uchun konspekt- reja tuzishda quyidagi holatlarga amal qilish zarur:

Shuning uchun chizmachilik darslarning yillik kalendar - tematik rejasini tuzish sxemasi tavsiyasini keltiramiz:

a)    nazariy material hajmini ortiqcha yangi material bilan og‘irlashtirib yubormasdan aniq chegaralab olish kerak;

b)    mashq va nazorat harakatlaridagi topshiriqlar soni va ketma - ketligini, ularning mazmunini hamda o‘tkazish tartibini belgilab olish kerak;

v)o‘quv- ko‘rgazmali qo‘llanmalar hamda a’loga o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun topshiriqlar komplektini yetarli miqdorda tayyorlab qo‘yish kerak.

Har bir o‘quvchi asosiy topshiriqni bajargandan keyin qo‘shimcha topshiriq oladi. Bu topshiriqni odatda o‘quvchilar qiziqish bilan bajaradilar. Dars konspekt rejalari alohida daftarda yurgizib, keyingi yillarda foydalanish uchun saqlab qo‘yish kerak. Boshlovchi o‘qituvchilarga konspekt rejani batafsil har bir dars uchun tuzish tavsiya qilinadi, ayrim hollarda esa ko‘proq ko‘rgazmalilik uchun bezakli rejalar tuzish tavsiya qilinadi.

O‘quvchining grafik vazifalarini tekshirishga tavsiyalar.

Chizmachilikdan o‘quvchilarning bilimi, ularning grafik savodxonlikka qiziqishlari qator ta’sirlarga bog‘liq.

Bu shartlarning asosiylari, quyidagilar:

Chizmachilikka o‘rganish ham boshqa fanlardagi singari tarbiyalovchi xarakterda bo‘lib, yuqori ilmiy asosda olib borilishi kerak. O‘qituvchi bunda doimo nazariyaning amaliyot bilan aloqalarini tushuntirib borishi zarur. Dastlabki darslardanoq o‘quvchilarga chizmachilikning xalq xo‘jaligidagi va texnika taraqqiyotidagi ahamiyatini tushuntirib borish kerak. O‘quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish va keyingi bilim olishlarida zarur bo‘ladigan chizmachilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari kerak.

O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida o‘quv materialning tuzilishi, hajmi va mazmunini aniq tasavvur qilishi kerak. Darsning maqsadi va vazifalarini oldindan aniqlab olishi zarur. Darsga tayyorlanish va uni o‘tish vaqtida har safar o‘rganib qolingan sxema va shablon bo‘yicha ishlamaslik kerak.

O‘qituvchi darsda oldindan ko‘zlanmagan vaziyatlar yuzaga kelib qolishi mumkinligini esda tutishi kerak. Shuning uchun u hamisha asosiy maqsaddan chetlashmasdan zarur hollarda dars borishini o‘zgartirib o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkaza bilishi kerak. Dars mazmuni va uni o‘tish metodikasi nihoyatda aniq rejalashtirilgan bo‘lishi kerak.

N.A.Dobrolyubov, har bir o‘quv fanining, shuningdek dars mazmunini aniqlashda o‘quvchilarning yosh va imkoniyat xususiyatlarini hisobga olish, darsda o‘quvchilarga tushunarli, “haqiqiy” ta’lim nuqtai nazaridan zarur uchun o‘qituvchi chizmachilikning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilishi shart. Shuningdek u fanni o‘qitishda yuqori metodik mahoratga, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

O‘qituvchi dars yakuni va natijasi, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabati va qiziqishi, uning tayyorgarligi, bilimi hamda mahoratiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqligini hamisha esda tutishi kerak. E’tiborsizlik, ma’suliyatsizlik va boshqa kamchiliklar o‘quvchilar bilan ishlash natijalariga hamisha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda A.S.Makarenkoning quyidagi so‘zlari juda o‘rinli: “Agar sizning ishingizda hamisha muvaffaqiyatsizliklar va kamchiliklar hamroh bo‘lsa, har qadamda o‘z ishingizni bilmaslingiz ko‘rinib tursa, siz kamsitishlar va har xil kinoyalardan ortiq hech bir nimaga erisholmaysiz”.

O‘qituvchi o‘zini ma’naviy-siyosiy hamda ma’rifiy saviyasini oshirib borishi ustida tinmasdan ishlashi zarur. U milliy qadriyatlarimiz, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va o‘tmishini yaxshi bilishi, bularni o‘quvchilarga dars jarayonida o‘z o‘rnida tushuntirib, ongiga singdirib borishi zarur.

O‘qituvchi chizmachilikdan o‘quv dasturini puxta o‘rganishi, uning asosiy yo‘nalishi hamda mazmunini tushunishi, maqsadi hamda umumta’lim maktablaridagi yoki kasb-hunar kollejlaridagi vazifalarini aniq bilish shart.

Texnika, pedagogika universitet (institut, kollej)larning talabalari chizmachilik dasturida belgilangan majburiy yakka tartibdagi grafik vazifalar va tekshirish maqsadida beriladigan ishlarni bajarishlari lozim. Grafik vazifa, ya’ni yakka tartibda bajariladigan ish deganda, o‘tilgan mavzu asosida uyda (darsdan tashqari) mustaqil bajariladigan chizma tushuniladi. Grafik ish ma’lum format (bichim) da standart qonun-qoidalariga amal qilingan holda bajariladi.

Talabalarda grafik bilimlarni shakllantirish murakkab jarayon hisoblanib, o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘langan. O‘quv jarayonida hamma talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, dars o‘tish imkoniyati o‘quv- grafik ishlarni bajarishda yakka tartibda yondashishdek yuqori bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘qituvchi talabalar bilan dars jarayonida foydalana olmagan imkoniyatlarni mustaqil grafik ishlarni chizayotganida amalga oshirishi mumkin. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, talabalar asosan bilim va ko‘nikmalarni yakka tartibdagi o‘quv grafik ishlarni bajarish orqali olmoqdalar. Chunki dars jarayonida beriladigan nazariy bilimlar asosan grafik ishlar orqali amalda mustahkamlanadi.

Grafik ishlarni tekshirish bosqichma-bosqich olib borilsa yaxshi natija beradi. Birinchi tekshirishni talabalar grafik ishlarni ingichka chiziqlarda chizib kelganlaridan keyin o‘tkazish mumkin.

Agar standart talablari buzilgan, chizmada xatolar bo‘lsa, talabaga mavzu qaytadan to‘liq tushuntirib berilgani ma’qul. Bunday chizmaga “Tuzatilsin” deb yozib, tekshirilgan sana belgilab qo‘yiladi. Shu tartibda chizma xatodan holi bo‘lguncha qayta-qayta tekshirilib, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish yo‘llarini erinmasdan tushuntirish kerak. Navbatdagi tekshirishlar orqali talabalar bilan yakka tartibda ish olib borishda o‘qituvchi qaysi talabaga qanday murakkablikdagi grafik ish variantini tavsiya etish, qaysi biriga mavzuni umumlashtirib yoki maydalab tushuntirish mumkinligini bilib oladi.

Chizmalar taxt bo‘lgandan keyin ikkinchi tekshirishni o‘tkazish mumkin. Bunda standart talablariga to‘liq rioya qilinganligi asosiy maqsad qilib olinadi. Butun chizma bo‘yicha chiziq turlarining yo‘g‘onliklari bir xil bo‘lishiga ahamiyat beriladi. Ko‘pincha o‘quvchilar o‘lcham va markaz chiziqlarini standart talabida chizishmaydi, ularni detal konturidan, chiqarish chizig‘ini o‘lcham chizig‘idan ortiqcha qilib chizishadi, ya’ni 3-5 mm dan ortig‘ini o‘chirishmaydi. Oxirgi tekshiruvda asosiy yozuvning to‘g‘ri yozilganligi tekshirilib, baho qo‘yiladi.

Ba’zi talabalar chizmani chizishning oxirgi bosqichida ham xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bunday vaziyatda chizmani qayta chizdirmasdan, iloji boricha, o‘sha chizmaning xato joyini tuzatishga imkon berish lozim. Chizmalarning xatolarini tekshirishda va tuzatishda qalamdan foydalanish kerak. Chunki talabalar ba’zi o‘qituvchilarning qo‘lida siyoxli qalamni ko‘rib, “hozir chizmamni siyoxda bo‘yab tashlaydi” deb xavotirga tushishadi.

Grafik ishlarni baholash paytida chizma o‘z vaqtida, ya'ni ko‘rsatilgan muddatda topshirilayotganligi, uning sifati hisobga olinadi.

Dars ishlanmalarini o‘rganish.

O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.

Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o‘qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o‘tish, o‘quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:

1. O‘qituvchining o ‘z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.

2. O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.

O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:

·             Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish;

·             O‘zi dars beradigan o‘quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;

·             tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni qo‘llay bilish;

·             ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali o‘z bilimini kengaytirish; 

·             kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, “ZiyoNet” axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.

O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.

Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.

2-bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.

3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.

Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo‘yicha alohida-alohida dars ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 9-“A”, “B” sinflar deb ko‘rsatiladi), fan nomi yoziladi.

Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).

Dars maqsadi (darsga qo‘yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o‘lchamli) bo‘lishi maqsadga muvofiq):

a) ta’limiy maqsad- dars jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi;

b) tarbiyaviy maqsad - dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;

s) rivojlantiruvchi maqsad - dars natijasida o‘quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; O‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo‘lishi mumkin.

Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar.

Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:

tashkiliy qism;

o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);

yangi mavzuni tushuntirish;

yangi mavzuni mustahkamlash;

o‘quvchilarni baholash;

uyga vazifa berish.

Agarda o‘qituvchi dars berayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi yuqori bo‘lsa, ular turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo‘lsa, o‘qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dars ishlanmasi (konspekti) qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o‘qituvchi, albatta, o‘zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.

Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari har bir o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo‘lishini nazorat qiladi:

·             dars ishlanmasi (konspekti);

·             taqvim-mavzu reja;

·             o‘quv dasturi;

·             darslik.

O‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish - samaradorlikka xizmat qiladi. O‘qituvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri- muntazam ravishda o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.

O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi.

Unutmangki, sifatli dars- bu, o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilgan dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga halaqit berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Darsning tahlili quyidagi turlarga bo‘linadi:

1.Ilmiy tahlil.

2.Psixologik tahlil.

3.Metodik tahlil.

4.Didaktik tahlil.

5.Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).

O‘qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o‘qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Ta’lim muassasalaridagi fan metod birlashmalarining asosiy vazifasi o‘zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.

MAVZU:Qirqim turlari mavzusiga dars ishlanma loyihasi

Maqsad:

Ta’limiy:O‘quvchilarga qirqimlar, qirqim turlari, qirqimlarning ahamiyati va mohiyati haqida bilimlar berish.

Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlikka o‘rgatish va ularda estetik zavq uyg‘otish.

Rivojlantiruvchi: Oquvchilarning oz ustida mustaqil ishlash konikmalarini shakllantirish.

          Darsning uslubi: ko‘rgazmali - amaliy

          Dars usuli: Noan’anaviy (aqliy hujum, tezkor savol-javob)

Dars tipi: yangi bilim berish

Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash

Dars didaktikasi:

a)    Jihozi: yozuv taxtasi, 9-sinf chizmachilik darsligi, tarqatma chizma materiallar, tezkor savol-javob kartochkalari va plakatlar

b)    Texnik vositalari: kompyuter, proyektor, kadoskop;

Darsning blok sxemasi

Dars bosqichlari

Vaqt taqsimoti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Otilgan mavzui takrorlash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

11 daqiqa

5

 Yakuniy qism

    a)Oquvchilarni baholash

    b)Uyga vazifa berish

4 daqiqa

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

a)    Psixologik iqlim yaratish (oquvchilar bilan salomlashish, oquvchilar va sinfning darsga tayyorgarligini aniqlash, navbatchini tayinlash va davomatni aniqlash).

b)    Dars mavzusi va dars ahamiyatini e’lon qilish

c)    BKMlarni e’lon qilish

d)    Oquvchilarni guruhlarga ajratish; (1,2,3)

e)    “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:

·       Ozaro hurmat;

·       Ozgalar fikrini hurmat qilish;

·       Intizomlilik;

·       Topqirlik;

·       Hozirjavoblilik;

Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar)

5️⃣  4️⃣  3️⃣

O‘tilgan mavzu yuzasidan savollar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi

1. Qirqim deb nimaga aytiladi?

2. Qirqim qo`llashdan maqsad?

3. Kesim turlari nechta va qaysilar?

4. Qirqimlarni belgilash qanday amalga oshiriladi?

5. Qirqim kesimdan qanday farqlanadi?

6. Kesim yuzasi kichik bo`lgan joylar qanday belgilanadi?

7. Kesilgan joy yuzasi qanday belgilanadi?

8. Kesim deb nimaga aytiladi?

9. Kesim chizig'i va yo'nalishni ko'rsatuvchi strelkalar o'lchami?

Mavzuni mustahkamlash maqsadida bellashuv tashkil etiladi, bunda sinf o‘quvchilari uch guruhga ajratib olinadi. Shatranj taxtasida qirqim talab qiladigan detal chizmalar beriladi, qaysi guruh o‘quvchilari detal qirqimlarini eng ko‘p va tez bajarsa o‘sha guruh g‘olib sanaladi.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

O‘quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.

Oqituvchi tomonidan otgan mavzu o‘quvchilar tomonidan qay darajada ozlashtirilganligi, nazariya va amaliyot birligi qay darajada uygunlashganligini tahlil qilish maqsadida qirqim talab qiladigan chizmalar (AutoCAD dasturida chizilgan) slayd orqali taqdim etiladi va berilgan chizma-topshiriq oquvchilar tomonidan bajariladi.

Berilgan berk teshikli geometrik jismlarning bitta ko‘rinishdagi qirqimi bajarilsin

O‘quvchilarning individual bajargan topshiriqlari o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinib, bajargan amaliy topshiriqlariga qarab o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Yangi mavzu bayoni: Qirqim turlari

(Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirish davomida, Microsoft Office dasturlar toplamining Power Point dasturida tayyorlangan slayd, audio va video vositalaridan foydalangan holda mavzu bayon etiladi. Quyida dars davomida namoyish etiladigan slayddagi rasmlardan namunalar namoyish etiladi.)

 Qirqimlar buyumlarning ichki tuilishini aniqlash maqsadida qollaniladi. Qirqimlar kesimlardan bajarilishi bilan farq qiladi. Kesimda faqatgina kesuvchi tekislik kesib o‘tgan joy tasvirlanadi, qirqimda esa kesuvchi tekislik kesib o‘tgan joy va uning orqasidagi tasviri qo‘shib bajarriladi. Buyumni xayolan tekislik bilan kesganda kesuvchi tekislik kesib o‘tgan joy va uning orqasidag tasviri qirqim deb ataladi. Qirqimlar ikki turga bo‘linadi:

1.Oddiy qirqimlar. Bitta kesuvchi tekislik bilan kesib bajarilgan qirqimlar oddiy qirqimlar deb ataladi.

2.Murakkab qirqimlar. Ikki va undan ortiq kesuvchi tekislik bilan kesib bajarilgan qirqimlar murakkab qirqimlar deb ataladi.

 

Shtrixlash qonun qoidalari

Ko‘rinishlarda qirqim hosil qilish uchun kesuvchi tekislik orqali kesilgan joylar fikran avval bosh, so‘ngra boshqa ko‘rinishlarda aniqlanadi. Qirqimga tushgan yuzalar kesim kabi 45 gradus qiyalikda shtrixlanadi. Qirqimga tushgan yupqa devorlar va g‘ildirak kegaylar shtrixlanmasdan chiziladi. Qalinligi 2mm dan kam bolgan yuzalar boyab qoyilishiga ruxsat etiladi. Qirqimlarni belgilash kesim chizigi, yonalishni korsatuvchi strelkalar va lotin alifbosining bosh harflari yordamida qoyiladi. Bunda kesim chiziq va strelkaning uzunligi chizmaning katta kichikligiga qarab 8mm dan 20 mm gacha kattalikda olinadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Chizma talqin.

Quyidagi chizmalarni diqqat bilan kuzating va qirqim turlarini aniqlang. Oddiy qirqimlarga (+) ishorasini va murakkab qirqimlarga (-) ishorasini qo‘ying va og‘zaki izohlab bering.

 

Test

1. Buyumni xayolan tekislik bilan kesganda kesuvchi tekislik kesib o‘tgan joy va uning orqasidag tasviri nima deyiladi?

A. Kesim     

B. Qirqim    

C. Rasm      

D. Eskiz

2. Ikki va undan ortiq kesuvchi tekislik bilan kesib bajarilgan qirqimlar nima deb ataladi?

A. Qirqimlar

B. Oddiy qirqimlar

C. Murakkab qirqimlar   

D. Kesim

3. Bitta kesuvchi tekislik bilan kesib bajarilgan qirqimlar nima deb ataladi?

A. Qirqimlar

B. Oddiy qirqimlar

C. Murakkab qirqimlar   

D. Kesim

4. Kesim bilan qirqimning farqi?

A. Kesimda kesilgan yuza shtrixlanmaydi

B. Qirqimda kesilgan yuza shtrixlanmaydi

C. Farqi yo‘q

D. Kesimda faqatgina kesilgan joy chiziladi qirqimda esa, kesilgan joy va uning orqasidagi qismi ham chiziladi.

5. Shtrixlash chiziqlari necha gradus qiyalikda chiziladi?

A. 45

B. 90

C. 180

D. 120

6. Buyum konturi shtrixlash chiziqlariga parallel kelib qolganda?

A. Shtrixlash chiziqlari 180 gradusda chiziladi.

B. Shtrixlash chiziqlari 45 gradusda chiziladi.

C. Shtrixlash chiziqlari 75gradusda chiziladi.

 D. Shtrixlash chiziqlari 30,60 gradusda chiziladi.

7. Qirqimlar necha turga bo`linadi?

A. 2

B. 4

C. 3

D. 5

8. Buyumlarning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida ...tatbiq etiladi?

A. Korinish

B. Qirqim

C. Mahalliy korinish

D. Proyeksiya

9. Kesim chizigining uzunligi qancha?

A. 2-8 mm

B. 5-10 mm

C. 8-20 mm

D. 5-30 mm

10. Yonalishni korsatuvchi strelkaning uzunligi qancha?

A. 2-8 mm

B. 8-20 mm

C. 5-10 mm

D. 5-30 mm

Uyga vazifa: Chizmaning  B va C chizmasini chizish. Berilgan ikki proyeksiyaning uchinchi ko‘rinishi topiladi va qirqim talab qilgan ko‘rinishiga qirqim bajariladi.

Sinf doskasida bo‘r bilan ishlash

Sinf doskasida chizma asboblari yoki ularsiz ishlash ko‘nikmasi chizmachilik o‘qituvchisi malakasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining bo‘r bilan ishlash malakasi alohida o‘rin tutadi.

Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda sinf doskasida bo‘r bilan ishlash malakasini quyidagi ko‘nikmalami shakllantirishdan boshlash kerak: bo‘r bilan ishlayotganda doska oldida turish tartibi; doskada tasvirni to‘g‘ri joylashtirish (komponovka)ni qanday rejalashtirish kerakligi; qo‘lda to‘g‘ri chiziqning uzun kesmasini o‘tkazish (chizish) usullari (shunday usul bor chizish jarayonida to‘g‘ri chiziq kesmasining oxirgi nuqtasiga qarash kerak, shunda bo‘r bilan ideal kesmani qo‘lning o‘zi chizadi); o‘zaro parallel va o‘zaro perpendikular chiziqlami o‘tkazish usullari; sirkulsiz kontsentrik (ikki, uch, to‘rt,) aylanalami chizish usullari va h.

 Ba’zi bir o‘qituvchilar sirkul yo‘qligini bahona qilib, uning o‘rniga doskani artish uchun foydalanadigan lattadan aylana yoki yoy chizishda foydalanadilar. Bu hol o‘qituvchining tadbirkorligi (topqirligi) va yangi 181 chizmachilik asbobini ixtiro qilganligiga qaramasdan, o‘quvchilarda doskada bo‘r bilan ishlashga xunuk na’muna bo‘lib xizmat qiladi, hamda o‘qituvchining grafik madaniyati saviyasining pastligini ko‘rsatadi.

Agar o‘qituvchida chizmachilik asboblarisiz doskada ishlash bo‘yicha bo‘r grafikasi malakalari hali yetarlicha shakllanmagan bo‘lsa, chizmachilik asboblaridan foydalanish kerak.

Quyidagi hollarda doskada faqat chizmachilik asboblari yordamida grafik tasvirlar bajarish tavsiya qilinadi:

a) agar o‘quvchilar o‘qituvchining chizmani bajarish ketmaketligiga amal qilib, chizma bajaradigan hollarda;

 b) aniq grafik natijalar (masalan, tutashmalar yasashda, kesma va yoylarni teng bo‘laklarga bo‘lish, metrik masalalami yechishda, yoyilmalar yasash va h.) olish zarur bo‘lganda.

O‘qituvchining sinf doskasida bo‘r bilan ishlashda yuqori malakaga egaligi, uning o‘quvchilari oldida obro‘sini oshiradi. Shuning uchun har bir bo‘lg‘usi grafika o‘qituvchisi talabalik davridan boshlab, o‘zida sinf doskasida bo‘r bilan ishlash malakalarini rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashqlarni bajarib borishi zarur hisoblanadi

Sinf doskada ishlash ajoyib san’atdir, shuning uchun maxsus dastlabki tayyorgarlik va tayyorgarlikni talab qiladi. Chizmachilik darslarida o‘quvchilarning grafik faolligini faollashtirish, chizma ustida ishlashda mantiqiy va ketma-ket harakatlarni shakllantirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining doskada ishlash qobiliyatiga bogliq.

Ikkinchisi darsning ajralmas qismi bo‘lib, unga quyidagi xarakterdagi tashkiliy va uslubiy talablar qo‘yiladi:

1. Kerakli materiallarni tayyorlash: ingichka va qalin chiziqlarni chizish uchun (shu jumladan rangli bo‘r) o‘tkirlash, kompasni bo‘r bilan to‘ldirish, shimgichni (yoki latta, shu jumladan nam) tayyorlash.

2. Doskada ishlashda grafik harakatlarning kompozitsion va masshtabli tasviri orqali fikr yuritish.

3. O‘qituvchi doskada ishlayotganda, o‘qituvchi bajarilayotgan grafik konstruktsiyaga to‘sqinlik qilganda o‘quvchilar bezovtalanishini yodda tutish kerak. Bunday salbiy reaktsiyalarni oldini olish uchun o‘qituvchi maxsus mahoratni rivojlantirishi kerak.

4. Grafik ketma-ket konstruktsiyalar tushuntirishlar bilan birga bo‘lishi kerak. Ba’zan o‘qituvchi bunday konstruktsiyalardan oldin tushuntirish yoki, aksincha, allaqachon tugagan tasvirga sharh beradi.

5. Chizma materiallardan foydalanish malakalarini (avtomatizmgacha) rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerak. Bunga T-kvadrat, o‘lchagich va kvadrat, ikkita kvadrat yordamida parallel chiziqlar chizish kiradi; T-kvadrat yoki o‘lchagich va kvadrat yordamida o‘zaro perpendikulyar chiziqlarni qurish; kvadratchalardan foydalanish, agar kerak bo‘lsa, 30, 45,60,75 va 90° burchaklarni, shuningdek, transportyorni qurish uchun; aylana chizish va uni teng qismlarga bo‘lishda kompasdan foydalanish.

6. Sirkuldan foydalanganda quyidagi ikki holatga e’tibor berish kerak:

a) aylanalar avval chizilgan yupqa markaziy chiziqlarning kesishgan nuqtasidan chizilishi kerak. Aks holda, aylana markazining “yo‘qolishi” istisno qilinmaydi;

b) qurilish tugaguniga qadar doskada soat yo‘nalishi bo‘yicha doira chizilishi kerak. Bu mulohazalarning barchasi konjugatsiya chiziqlarini qurishga ham tegishli.

7. Qoidaga ko‘ra, geometrik jismlar proyeksiyalarining ko‘p grafik konstruktsiyalari va hatto detallar bajarilishi bilan boshlanadi Asosiy ko‘rinish (old ko‘rinish), lekin ba’zi hollarda chizmaning bajarilishi yuqori ko‘rinishni qurish bilan boshlanishi kerak, masalan, silindrsimon, konusning, prizmatik va piramidal shakldagi ob’ektlarni (uchburchak, olti burchakli va boshqalar) o‘z ichiga oladi. ).

Geometrik jismlar birikmasi boʻlgan obʼyektni (detalni) chizishda oʻquvchilar detalning konstruktiv xususiyatiga va proyeksiyaga nisbatan joylashishiga qarab ikki yoki uchta proyeksiya tekisliklarida tasvirlarni ketma-ket bir vaqtda chizishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

8.O‘qituvchi tomonidan bajarilmagan konstruksiyalarga, chizilgan rasmni tez-tez tuzatishga va quyidagi konstruksiyalarni tushuntirishlar bilan yakunlash zarur bo‘lsa ham uni doskadan shoshilinch ravishda o‘chirib tashlashga o‘quvchilar salbiy munosabatda bo‘lishadi. Buning oldini olish uchun taqdim etilgan material miqdori va grafik tasvirlar uchun zarur bo‘lgan vaqtni oldindan bilish kerak.

9. Buyumlarning uchta asosiy proyeksiyasini qurishni o‘rganishning dastlabki bosqichida (asosiy ko‘rinish - oldingi ko‘rinish, yuqoridan ko‘rinish va chap ko‘rinish) proyeksiyalar orasidagi barcha aloqa liniyalarining qurilishini ko‘rsatish talab qilinadi. Kelajakda o‘qituvchi o‘quvchilar chizmaning barcha uchta proyeksiya tekisliklarida tasvirlangan ob’ektning proyeksiyaga bog‘liqligini shakllantirishni mustahkam o‘zlashtirganligiga ishonch hosil qilganda, ularni aloqa liniyalaridan foydalanmasdan proyeksiyalar qurishni bosqichma-bosqich o‘rgatish kerak. Ular faqat barcha oldindan bajarilgan, keyin esa keraksiz yordamchi qurilish chiziqlari kabi chizmalarni yopishadi.

10. Rangli bo‘r faqat alohida holatlarda mavzuning individual asosiy qoidalarini ta’kidlash yoki qiyin muammoni samarali hal qilish uchun ishlatilishi kerak. Aks holda, bunday texnika talabalar uchun odatiy holga aylanadi.

11. Biror mavzu bo‘yicha doskada bajarilgan chizmalar atrofini turli yozuvlar bilan to‘ldirib tashlamaslik kerak. Chunki chizma va yozuvlar ortiqcha zichlashib ketib, o‘quvchilarning ma’lumotlami o‘zlashtirishini qiyinlashtiradi.

12.Biror mavzu bo‘yicha uzoq tushuntirilishi ko‘zlangan va butun darsga mo‘ljallangan murakkab chizmalami o‘qituvchi oldindan doskada tayyorlab qo‘yishi kerak.

13.Chizmani qayta qurishni namoyish qiladigan (masalan, oltiburchakli piramida yoyilmasi) grafik tasvirlar uchun doskada ularni joylashtirishga bo‘sh joyni oldindan ajratib qo‘yish kerak. Aks holda qayta qurilgan tasvir doska chegarasidan chiqib ketadi.

14.Detalning asliga qarab eskiz bajarishda o‘qituvchi doskada o‘quvchilarga chizmachilik asboblarisiz qo‘lda, ko‘z bilan chamalab detal proeksiyalarini saqlagan holda chizma bajarish ko‘nikmasini namoyish qilishi kerak.

15.Sinf doskasida ishlashda ko‘pincha o‘quvchilar bilan aloqaning qisqa muddatga uzilib qolishi natijasida o‘qituvchida psixologik qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin.

SAVOLLAR:

1. Darsga qoyiladigan zamonaviy talablar deganda nimani tushunasiz?

2. Dars tuzilishining tarkibiy qismlarini aytib bering.

3.O‘quvchilaming grafik savodxonligi nimalarga bogliq?

4. Konspekt-reja qanday tuziladi?

5. Chizmachilik darslarining yillik kalendar-tematik rejasi qanday tuziladi?

6. Chizmachilik o‘qituvchisining darsga tayyorlanishi va darsni rejalashtirishini aytib bering.

7. Dars mazmuni va uni o‘tish metodikasi qanday rejalashtiriladi?

8.Talabalarni sinf doskasida bo‘r bilan ishlash malakalarini shakllantirishda nimalarga e’tibor berish lozim?

9. Sinf doskasida ishlashga qanday tashkiliy va metodik xarakterdagi talablar qo‘yiladi?

10. Qaysi hollarda doskada faqat chizmachilik asboblari yordamida grafik tasvirlar bajarish tavsiya qilinadi?

11. Sinf doskasida sirkuldan foydalanish tartibini aytib bering

Bizning manzil

Guliston shahar, 4-mavze

dilraboxon@gmail.com

+998 93 321 31 44

© chizmachilik-metodika.uz. Barcha huquqlari himoyalangan. Dasturchi