1.9 O‘qitishning zamonaviy metodlari.

Zamonaviy talim texnologiyalarini tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash, o‘quvchidan amaliy mashg‘ulotga qiziqishni uyg‘otish, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar qatorida yosh mustaqil O‘zbekistonimizda ham bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Shularni hisobga olgan holda biz bir qancha interfaol metodlarni, jumladan, “Qarorlar shajarasi”, “Yozma bahs”, “Klasster”, “Charxpalak” kabi metodlarni chizmachilik darslariga moslashtirib ishlab chiqishga va uni tatbiq qilishga oid materiallarni o‘quv qo‘llanma holatiga keltirdik.

Masalan, quyidagi interfaol metodlarni misol qilish mumkin:

•“Qarorlar shajarasi” metodi.

•“Yozma bahs” metodi.

•“Klasster” (“Fikrlash kengligi shajarasi”) metodi.

•“Chaxpalak” metodi.

•“Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) tashkilotchisi” metodi.

•“6x6x6” metodi.

Yuqorida aytilgan interfaol metodlarni chizmachilik darslaridagi amaliy tatbig‘i quyida keltiriladi.

1.”Qarorlar shajarasi” metodi. Ushbu metod muhandislik grafikasi fani asoslari borasidagi bir qadar murakkab chizmachilik mavzularini o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tamonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbuli hamda to‘g‘risini aniqlashga yo‘naltirilgan texnik yondoshuvdir

“Qarorlar shajarasi” metodi avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga hizmat qiladi.

Guruh yoki sinf o‘quvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o‘n nafar o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlash doirasini tekshirish va jamlash hamda baholash imkonini beradi. Chizmachilik fanlarida mazkur metodning qo‘llanilishi berilayotgan mavzudagi muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassaal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to‘ldiradilar yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar:

“Qarorlar shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:

1.     O‘qituvchi dars mashg‘ulotini boshlashidan oldin munozara, tahlil uchun chizmachilik mavzulariga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi.

2.     O‘qituvchi talabalarni 4 yoki 6 kishidan iborat guruhlarga ajratadi, shuningdek, muammoning hal etilishi va bu borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilaydi.

3.     Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to‘xtamga kelib oladilar.

4.    Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a'zolari o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida barcha talabalar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar qaytarilib beriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir hil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi, hamda eng to‘g‘ri javobni berishi kerak bo‘ladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi ham bu metodni o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Bu metodni qo‘llashda o‘qituvchi talabalarning guruhlarga bo‘lmasdan ham amalga oshirishi mumkin. “Qarorlar shajarasi” metodi quyidagi loyihaga asoslanadi.

 

QARORLAR SHAJARASI

Umumiy muammo

1-qaror variant

2-qaror varianti

3-qaror varianti

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

 

 

 

 

 

 

QAROR:

“Qarorlar shajarasi” qiyin va turlicha vaziyatlarda turlicha qarorlar qabul qilinishi tezllashtiruvchi texnikadir. U shuningdek, o‘tib ketgan davrda qaltis qarorlarni qabul qilishda amal qilingan asoslarni tahlil qilish va to‘la tushunishga ham hizmat qiladi. Mazkur metodni qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quvchi va talabalarni darsda fan yuzasidan tug‘ilgan muammoni yechimi borasidagi g‘oyalarni izlab topishga va to‘g‘ri qaror chiqarishga o‘rgatishdir.

“Yozma bahs” metodi

Metodning maqsadi: talaba (yoki o‘quvchi)larga o‘quv xonasidagi tengdoshlari bilan birgalikda shu oila jamoatchiligi fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda muloqatlar rejalashtirish imkonini berish. Metod orqali talabalarga berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoiti yaratiladi, ularda munozara madaniyati va o‘z fikrini asoslash qobiliyati rivojlantiriladi.

Bu uslubdan foydalanishda o‘qituvchi talabalarni baholash uchun asos xizmatini o‘tovchi ajoyib materialga ega bo‘ldi. Yozma bahslar metodi bunday muloqotlarni o‘quv xonasidagi barcha talabalar ishtirokida yozma shaklda o‘tkazish imkonini beradi

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: Talabalar bahs mavzusi bo‘lishi kerak bo‘lgan mavzu bilan uyda yoki oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tanishadi. 9.1- jadvalda “Yozma bahs” metodi qo‘llash loyihasi keltirilgan. Bahs arafasida o‘qituvchi bo‘lajak mavzu to‘grisida o‘quvchilarga axborot berar ekan, bahslar qay yo‘sinda o‘tishini qisqacha tushuntiradi (bu, albatta, bahslar birinchi marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lsa, juda muhimdir). O‘qituvchi guruh talabalarini ikkiga ajratadi va ularni o‘quv xonasiga ikki tomoniga qator qo‘yilgan sonlar yoniga o‘tkazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi (masalan, 1-guruh ijobiy holat joriy qilinishini tarafdorlari, 2-guruh bunga qarshi).

Shundan song, oqituvchi talabalarni juftlaydi, har bir juftda qarama-qarshi qarashlar tarafdorlari bolishi kerak. Juftlar tartib raqami yoki alifbo harflari bilan belgilanadi. Agar oquv xonasi talabalar soni toq bolsa, oquvchi munozaraga yetishmagan sherik huquqida qatnashishi mumkin. Oqituvchi 1-guruh talabalariga (keltirilgan misolda- ijobiy holatni joriy qilish tarafdorlari) har bir juft raqami (ramzi) bilan belgilangan katak qogozli varaqlarni tarqatadi.

Talabalar auditoriyaning ikki tomonida o‘tirib, juftma-juft yozma muloqotni boshlaydilar. 1-guruh talabalariga o‘zlari maqullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog‘oz varag‘iga puxta taxrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtdan 2- guruh talabalari o‘zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin bo‘lgan nuqtai nazarlarini isbotlashlari mumkin.

Yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatini joriy qilinishiga qarshi chiquvchilarga) beriladi. Ularga juft bo‘yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish uchun hamda o‘z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi.

Dalillar almashishining bunday tartibi 2-3 marotaba takrorlanadi, bunda har bir talaba (yoki o‘quvchi) sherigining dalil-isbotiga javob qaytarishiga va o‘zining aks dalilini keltirishi shart. Talabalarning bilimlarining aniqlash uchun 3-4 raund yetarlidir. Oxirgi raundda talabalarga yakuniy fikrni yozish imkoni beriladi. Shundan so‘ng, yozma ish yig‘ib olinadi.

Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli - ikkala tomonga qaratilgan savoldir: qarshi tomonning qay bir dalili va isboti siz uchun eng yaxshi hisoblandi?

Talaba ishni yakkama-yakka yoki jufti bo‘yicha baholashi mumkin. Agar o‘qituvchi yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo‘lsa, u haqida talabalarni darsninig boshidanoq ogohlantirish kerak.

9.1-jadval

«Yozma bahs» texnologiyasi quyidagi loyihaga asoslanadi.

HA

BAHS MAVZUSI

Javob

Dalil keltirmoq

YO‘Q

        Javob

        Dalil keltirmoq

HA

Javob

Dalil keltirmoq

 

YO‘Q

Javob

      Dalil keltirmoq

HA

Javob

Dalil keltirmoq

YO‘Q

*       Javob

       Dalil keltirmoq

HA

Javob

Dalil keltirmoq

YO‘Q

*       Javob

        Dalil keltirmoq

HA

Javob

Yakuniy fikr

YO‘Q

        Javob

*       Yakuniy fikr

“Klasster” (“Fikrlash kengligi shajarasi”) va Charxpalak metodi.

Bu metod pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biron mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Klassterlash jarayonida o‘quvchining bildirgan fikri muhokama va tanqid qilinmaydi.

Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. 9.1-chizmada tayanch “Chizmachilik” so‘zini klassterlash ko‘rsatilgan. Tayanch so‘z sifatida “Qirqimlar”, “Kesimlar”, “Aksonometrik proyeksiyalar”, “Rezbalar”, “Ajraluvchi birikmalar”, “Uzatmalar” va chizmachilik fanining boshqa asosiy mavzularini olish mumkin. Tayanch so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar - “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “tayanch” so‘z bilan chiziq (yoki strelka)lar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlar”da “kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.

Klassterni tuzish qoidasi.

1.  Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

2.   Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor  bermang.

Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

 “Charxpalak” interfaol metodi yordamida talabaning o‘z-o‘zini baholash keltirilgan. Bu misolda metodning vazifasi chizmachilikning turli, masalan, geometrik, proyeksion, mashinasozlik, qurilish va topografik chizmachilik bo‘limlariga tegishli berilgan mavzularni talaba qaysi bo‘limiga tegishlilarini aniqlashi kerak.

Metod bitta talabani emas, balki talabalarni guruh-guruhga ajratib ular o‘rtasida musobaqa shaklida o‘tkazilishi ham mumkin. Bu orqali o‘qituvchi talabalarga nafaqat nazariy bilim beradi, balki shuning bilan birga ularni olgan bilimlarini tekshirishi ham mumkin.

9.2jadval

Chizmachilik

bo‘limlari mavzular

1

2

3

4

5

To‘g‘ri

javob

Geometrik chizmachilik

Proyeksion chizmachilik

Mashinasozlik chizmachiligi

 

Qurilish chizmachiligi

Topografik chizmachilik

1

Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish va muntazam ko‘pburchakliklar yasash

 

 

 

 

 

 

2

Qiyalik va konuslik

 

 

 

 

 

 

3

Ajraluvchi birikmalar

 

 

 

 

 

 

4

Sirtlarni o‘tish chiziqlari

 

 

 

 

 

 

5

Og‘ma qirqim

 

 

 

 

 

 

6

Aksonometrik proyeksiyalar

 

 

 

 

 

 

7

Zina bo‘lmalari

 

 

 

 

 

 

8

Trubali birikmalar

 

 

 

 

 

 

9

Rezbalar

 

 

 

 

 

 

10

To‘qri va qiyshiq burchakli izometrik proyeksiyalar

 

 

 

 

 

 

11

Tutashmalar

 

 

 

 

 

 

12

Deraza va eshik o‘rinlari

 

 

 

 

 

 

13

O‘lcham qo‘yish qoidalari

 

 

 

 

 

 

14

Shriftlar

 

 

 

 

 

 

15

Gidravlik sxemalar

 

 

 

 

 

 

16

Yiqish chizmasi

 

 

 

 

 

 

17

Mahalliy qirqim

 

 

 

 

 

 

18

Parchin mixli birikmalar

 

 

 

 

 

 

19

Lekalo egri chiziqlari

 

 

 

 

 

 

20

Eksplikatsiya

 

 

 

 

 

 

21

Qirqim va kesimlar

 

 

 

 

 

 

22

Chervyakli ilashmalar

 

 

 

 

 

 

23

Buyumni o‘zaro perpendikulyar ikki va uch tekislikka proyeksiyalash

 

 

 

 

 

 

24

Eskiz va texnik rasm

 

 

 

 

 

 

25

Og‘ma qirqim

 

 

 

 

 

 

26

Uzatmalar

 

 

 

 

 

 

27

Tekis qirqim

 

 

 

 

 

 

28

Sirkul egri chiziqlari

 

 

 

 

 

 

29

Ajralmas birikmalar

 

 

 

 

 

 

“Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) tashkilotchisi” va “6x6x6”metodi.

“Men JIF tashkilotchisi” uslubida talabalar proyeksion chizmachilikka oid biror masalani ishlanish bosqichini aniqlashi so‘ralgan. Birinchi bosqichda har bir talaba alohida ishtirok etadi va baholanadi. Ikkinchi bosqichda esa guruh mayda guruhlarga kamida 4 kishidan bo‘linib ishtirok etadi va baholanadi. Mashg‘ulot oxirida esa o‘qituvchi har bir talabani alohida baholaydi hamda guruhlarni ham yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ko‘rsatib baholaydi.

Yuqoridagi interfaol metodlarni darslarda qo‘llanishidan maqsad talabalarga nazariy bilim berish bilan birga ularni amaliy malakalarini oshirishdir. Chunki o‘yinli texnologiyalar boshqa uslublardan shunisi bilan ajralib turadiki, talabani jamoa bilan ishlashga, erkin fikrashga o‘rgatadi va har bir talaba nazardan chetda qolmaydi. Shuningdek, o‘qituvchiga bilim berish ham baholash ham oson kechadi.

Ushbu o‘yinli metodning talabaga asosiy foydali tomoni shundaki, talaba proyeksion chizmachilikdan berilgan mavzularni oq qog‘ozda emas, balki hayolan ya'ni fazoviy tasavvurida tartibli va bosqichli ishlashni o‘rganadi.

9.3jadval

Mavzu mazmuni

Yakka baho

Yakka xato

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To‘g‘ri javob

1

Detalning ikki ko‘rinishi chizma qog‘oziga joylashtirilib uchinchi ko‘rinishi topiladi

 

 

 

 

 

2

Aksonometrik proyeksiyada qirqim bajariladi

 

 

 

 

 

3

Detal chizmalariga o‘lchamlar qo‘yiladi

 

 

 

 

 

4

Aksonometrik proyeksiya turi tanalanadi

 

 

 

 

 

5

Detal aksonometriyasi quriladi

 

 

 

 

 

6

Chizma qog‘ozi ramka chizig‘i chizilib, asosiy yozuv o‘rni ajratiladi

 

 

 

 

 

7

Ortogonal proyeksiyada qirqim bajariladi

 

 

 

 

 

 

9.3-jadvalda keltirilgan masala shartida “Detalning berilgan ikki ko‘rinishi asosida uchinchi ko‘rinishini topib, aksonometrik proyeksiyasi qurilsin, ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarilsin” mazmunida bo‘lib, uning rejali-algoritmi aniqlanishi talab etiladi.

“6x6x6” metodi.

Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 30 nafar o‘quvchi va talabani muayyaan faoliyatga jalb etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash va ularning qarashlarini bilib olish mumkin. “6x6x6” metodi asosida tashkil etilayotgan proyeksion chizmachilikka oid mashg‘ulotga har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 5 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. 5 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 5 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

“6x6x6” melodining afzallik jihatlari quyidagilar:

1.      Guruhlarning har bir a'zosini faol bo‘lishga undaydi.

2.      Ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi.

3.    Guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglab olish ko‘nikmalarini hosil qiladi.

4.    Ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.

5.    Eng asosiysi o‘quvchi yoki talabaning bu metod orqali chizmalarning chizish va o‘qish borasidagi bilimi shakllantiriladi hamda mustahkamlanadi.

Muhimi mashg‘ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.

Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o‘quvchi yoki talabadan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6” metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki, bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham axborot berish uchun ham birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan mushg‘ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (mummo)ni muhokama qilish imkoniyatini yaratadi.

“6x6x6” metodidan chizmachilik fani darslarida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishini talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarnng to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

“6x6x6” metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi.

1.  O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 5 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.

2.   O‘quvchi yoki talabalar o‘qituvchi tomonidan 5 ta guruhga bo‘linadilar. O‘quvchi yoki talabalarning guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi turlicha yo‘l tutishi mumkin. Shakllangan 5 ta guruh 5 ta stol atrofidagi stullarga joylashib o‘tiradi.

3.   O‘quvchi yoki talabalar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot vazifasini e’lon qiladi hamda biror bajarilgan ishdan namuna ko‘rsatib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari

Ta’limning  interaktiv metodlari va uning amaliy ahamiyati nimalardan iborat?

 

 

 

Ta’limning  interaktiv metodlari va undan darslarda foydalanishning yutuq va kamchiliklarini aytib bering.

 

 

 

Ta’limning  interaktiv metodlari va undan darslarda qanday muammolarni ko‘rsata olasiz?

 

 

 

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F – fikringizni bayon eting

S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U – fikringizni umumlashtiring

 

Savol

Chizmachilik fanini o‘qitish metodikasi” faning predmeti va mazmuni to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

(F) Fikringizni bayon eting

 

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

 

(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

 

(U) Fikringizni umumlashtiring

 

 

Metodik tizimning tarkibiy qismlaridan biri o‘qitish vositalaridir. Ularga darsliklar, didaktik vositalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, o‘qitish-ning turli texnik vositalari kiradi. O‘qitish vositalariga shuningdek kompyuter, ekran va tovushli, nazorat va o‘qitish dasturlari ham kiradi. Chizmachilik fanining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra uni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarda fazoviy tasavvurning shakllanib, rivojlanishi zarurligi talab qilinadi. Shu sababli ta’lim muassasalarida chizmachilikdan o‘qitish vositalarining yetarlicha bo‘lishi, fan o‘qituvchisining ulardan o‘rinli foydalana olishi hamda talab darajasida maxsus jihozlangan kabinetning bo‘lishi ta’lim samaradorligini ta’minlashga ko‘maklashadi. O‘quvchilarning bilim olishida va ularda grafik madaniyatning shakllanishida o‘quv adabiyotlari (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, topshiriqlar to‘plamlari va ish daftarlari kabilar) va o‘quv jarayonida foydalaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalar (stendlar, plakatlar va h.) alohida ahamiyatga ega.

Ko‘rsatmali qo‘llanmalar termini klassterlanadi

Ko‘rgazmalilik. Ko‘rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o‘qitishdagi kabi Chizmachilikni o‘qitish jarayonida ham asosiy va muhim hisoblanadi. Ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinayotgan mashhur o‘qitish tamoyillaridan biridir. Ushbu tamoyil shunday zaruratni keltirib chiqaradiki, unga ko‘ra o‘quvchilar miyasida hosil bo‘ladigan tasavvur va tushunchalar bevosita o‘rganilayotgan predmet, masalan, kompyuterdan olinadigan idrokiga asoslangan bo‘lishi lozim.

 O‘qituvchining bayoni, uning tushuntirishi aniq, ravshan obrazlarni o‘z ichiga olishi, o‘rganilayotgan savollarning mohiyatini ko‘rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi kerak.

 Masala yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, xullas, barcha hollarda to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Kompyuterdagi rasmlar bilan bir qatorda o‘qitishda ko‘rgazmalilik jadvallar, sxemalar, filmlar, multimediali videoproektorlar orqali namoyish etiladi.

Ta`limning ko‘rgazmaliligi - mavhum tushunchalarni egallashda bilish uchun asos hisoblanadi.

Bu yerda “ko‘rgazmalilik” tushunchasi buyumlar (masalan, mashina detallari va boshqalar)ning bevosita o‘zlari emas, balki ularning grafik tasvirlari bilan bog‘liqligini qayd qilish zarur. Har qanday tasvir, chizma buyumni his qiladigan ko‘rish organlarimiz orqali faxmlanadi. Shuning uchun ko‘rgazmalilik inson miyasida chizmada ob’ekt belgilarini modellashtirish natijasida hosil bo‘ladigan ko‘rinish obrazi deb qabul qilinadi.

Bu tamoyil o‘quvchilar materialni yaxshi o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Y.A.Komenskiy ta’limda barcha sezgi organlariga tayanish lozimligini ta'kidlangan: ko‘rinadiganini - ko‘rish, eshitiladiganini- eshitish, hid taratayotganini - hidlash, his qilish mumkin bo‘lganini - his qilish.

Hozirgi sharoitda chizmachilik darslarida bu tamoyil faqatgina jadval, plakat, dinamik qo‘llanmalar, modellar, detallar, uzellar kabilar emas balki qo‘shimcha ravishda ko‘p sonli audiovizual vositalar (turli proeksion - apparatlar, kino, televedeniya) hamda EHM (displeylar, grafyasagichlar)dan keng foydalanib qo‘llanilmoqda. Chizmachilikda ko‘rgazmalilikdan foydalanish meyorida asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va fazoviy obrazli fikrlashning rivojlanishiga zarur yetkazmasligi kerak.

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar o‘quvchilarning chizmachilik kursini o‘rganishlari va grafik topshiriqlarni bajarishlarida yordamlashish maqsadida tayyorlanadi. O‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tekis (plakatlar) va hajmli (modellar va detallar namunalari) qo‘llanmalarga ajratish mumkin. O‘z kasbiga ijodiy yondashadigan chizmachilik o‘qituvchilari faqatgina standart o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan chegaralanib qolmasdan mustaqil ravishda original plakatlarni tayyorlab dars jarayonida foydalanishi ham mumkin. O‘rganilayotgan mavzuning xarakterli tomonlarini ochib beradigan bunday plakatlar ayniqsa o‘quvchilar uchun yangi, tushunishlari qiyin bo‘lgan mavzularda juda katta yordam beradi. Foydalanish usullari va tuzilish printsiplariga ko‘ra ularni statik va dinamik plakatlarga bo‘lish mumkin. Ko‘zlangan mavzuni bitta tekislikda bajarilgan tasvir va shakllar orqali ochib berishga mo‘ljallangan plakatlar statik, mavzuni bayon qilish jarayonida tarkibiy qismlari biri ikkinchisiga nisbatan harakatlantiriladigan plakatlar dinamik plakatlar deyiladi.

Dinamik plakatlar.Standartlar va chizma bajarish asoslariga tegishli plakatlarning doimiy ravishda chizmachilik kabinetida yoki koridorlarda joylashtirilishi ularning o‘quvchilar ko‘z o‘ngida bo‘lib, beixtiyor o‘quvchilarning xotirasida saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Yangi mavzularni bayon qilishda “dinamik plakat”lardan foydalanish ayniqsa yaxshi samara beradi. “Dinamik plakat”lar odatda biror chizmani bajarish ketma-ketligi tartibini ochib beruvchi plakatlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Bu o‘qituvchiga chegaralangan vaqt ichida o‘quvchilarda nisbatan katta hajmdagi grafik ma’lumotlarni ko‘rsatish va tushuntirish imkonini beradi. “Dinamik” ko‘rgazmali qo‘llanmalarda turli yasashlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatini, chizmalardagi tasvirlarni o‘qish usullari va ketma-ketligini ochib berish imkoniyati katta (1-shakl)

1- va 2-shakllarda qirqim hosil bo‘lishini namoyish qilish uchun tayyorlangan dinamik plakatlarga misollar keltirilgan. Shakllardan ularni tayyorlash va darsda foydalanish usullarini tushunib olish oson. Bunga o‘xshash plakatlarni o‘qituvchi kursning boshqa mavzulari bo‘yicha ham loyihalashtirib, maktab ustaxonasida o‘ quvchilar bilan birgalikda tayyorlashi mumkin.

Dinamik plakatlar tayyorlash uchun o‘qituvchidan ko‘proq bilim, mavzuni ularni statik va dinamik plakatlarga bo‘lish mumkin. Ko‘zlangan mavzuni bitta tekislikda bajarilgan tasvir va shakllar orqali ochib berishga mo‘ljallangan plakatlar statik, mavzuni bayon qilish jarayonida tarkibiy qismlari biri ikkinchisiga nisbatan harakatlantiriladigan plakatlar dinamik plakatlar deyiladi.

Dinamik plakatlar tayyorlash uchun o‘qituvchidan ko‘proq bilim, mavzuni ochib berishga ijodiy yondashish hamda muammoning noan’anaviy yechimini topish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlik talab qilinadi. O‘qituvchi chizmachilik mavzularini dinamik plakatlardan foydalanib tushuntirsa, o‘quvchilar uni qiziqib tinglaydilar va oson tushunib, o‘rganilgan material ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari

O‘qitish vositalari va o‘qitishning ko‘rsatmalilik prinsipi  nimalardan iborat?

 

 

 

O‘qitish vositalari va o‘qitishning ko‘rsatmalilik prinsipining yutuq va kamchiliklarini aytib bering.

 

 

 

Dinamik plakatlar va chizmachilik o‘qitish metodikasiga oid qanday o‘quv adabiyotlarni o‘qigansiz hamda uning qisqacha mazmuni, sifati haqidagi fikringiz nimalardan iborat?

 

 

 

Muhandislik grafikasi darslarida dinamik plakatlar larni amaliy tatbig‘idagi qanday muammolarni ko‘rsata olasiz?

 

 

 

 

SAVOLLAR

1.O‘qitish vositalari deb nimaga aytiladi va unga misollar keltiring.

2.O‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalarning qanday turlari bor?

3.Dinamik plakatlarning boshqa o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalardan farqi nimalardan iborat?

Bizning manzil

Guliston shahar, 4-mavze

dilraboxon@gmail.com

+998 93 321 31 44

© chizmachilik-metodika.uz. Barcha huquqlari himoyalangan. Dasturchi